Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

62-mashq. Quyida berilgan fe’llardagi imloviy xatoni tuzatib yozing. Ko‘mak-
chi fe’l va to‘liqsiz fe’lning imlosi haqida xulosa chiqaring. 
O‘qibchiq, kuzatibqo‘y, yasayoladi, boribturibman, kira vering, bo-
rar kan, so‘rab ko‘r, bor oladi, kelganedi, chiqibqoldi, ketganekan, kela 
qol, qo‘shibqo‘ydi, bor olmadim, o‘qiganemish, qidiraboshladi. 
63-mashq. Berilgan so‘zlarni bilan, sari, sayin, qadar, uchun, bo‘yi, singari, 
tomon, -la, -chun ko‘makchilari bilan yozing. Ko‘makchilarning imlosini 
tushuntiring. 
Belkurak, borgan, kun, dengiz, xalq, osmon, yil, akam, qishloq, sen, 
siz. 
64-mashq. Berilgan so‘zlardagi imloviy xatoni tuzatib (agar bo‘lsa), ajratib 
yoki qo‘shib yozilishiga ko‘ra ikki guruhga bo‘lib yozing. Bu so‘zlarning yozi-
lishini imlo qoidasi asosida izohlang. 
Hammayoq, birzum, qaybiri, bir oz, hech nima, birvarakayiga, bu-
yon, hechqaysi, qay kuni, shu yerda, qayerda, uyoqqa, o‘shayoqdan, 
birato‘la, qayyerda, bir muncha, qayyoqqa, harqaysi, bir pas, bir mud-
dat, biryoqlama, bir yoqli. 
65-mashq. Berilgan sifatlar oldidan belgining ortiq yoki kamligini bildiruvchi 
to‘q, jiqqa, tim, liq, lang, och so‘zlarini qo‘yib yozing. Hosil qilingan qo‘shma 
sifatlar imlosini tushuntiring. 


24 
Qizil, qora, to‘la, ochiq, sariq, ho‘l, qorong‘i. 
66-mashq. Quyidagi raqamlarni so‘z bilan yozing. Imlosini tushuntiring.
56, 115, 12, 1977, 2005, 4688, 506, 412, 37, 45, 678, 10541, 26, 65. 
67-mashq. Quyidagi birikmalardagi imloviy xatolarni tuzatib yozing. Ularning 
imlosini tushuntiring. 
Tomdan-tomga, yildanyilga, ochiqdanochiq, ko‘pdanko‘p, qizigan-
dan-qizidi, shirindanshirin, kundankunga, tog‘ridanto‘g‘ri, kattadan-
katta. 
68-mashq. Berilgan so‘zlardan izofali birikma hosil qiling. Izofali birikmaning 
imlosini izohlang. 
Tarjima hol, Buxoro sharif, dard bedavo, nuqta nazar, gul beor, dard 
sar, mual-lim soniy, Qur’on karim, taqdir azal, balo azim, luqma halol, 
toj davlat, osmon falak, chashm giryon. 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling