Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
70-mashq. Berilgan tarkibli nomlardagi imloviy xatoni tuzatib ko‘chiring.
Murakkab otlarning imlosini tushuntiring. O‘zbekiston respublikasi, Misr arab respublikasi, O‘zbekiston respublikasi prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi oliy majlisining raisi, Buyuk Britaniya qirolligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 26 raisi, Birlashgan millatlar tashkiloti, Bosh Vazirning o‘rinbosari, Rossiya federatsiyasi, Mudofaa Vaziri, Sog‘liqni Saqlash Vazirligi, Yozuvchilar Uyushmasi, Fanlar Akademiyasi, O‘simlik Moddalari Kimyosi instituti, Fan va texnika Davlat qo‘mitasi, Jahon tinchlik kengashi, Buxoro Davlat universiteti, O‘zbekiston Milliy Tiklanish demokratik partiyasi, “Oltin yulduz” medali, “Sog‘lom Avlod uchun” ordeni, “Ozbekistonda Xizmat Ko‘rsatgan fan arbobi” faxriy unvoni, “O‘zbekiston qahramoni” unvoni, “Matbaa A’lochisi” nishoni. 71-mashq. Berilgan gaplardagi imloviy xatolarni tuzatib yozing. Nima uchun xato hisoblanishini imlo qoidasi asosida tushuntiring. 1. yoz kunlari kelsa, bolalarni kapalak va tillaqo‘ng‘iz tutib kelishga buyurardi. (A. Qodiriy) 2. – Bu qanday falokat, mudhish falokat! – Dedi ibn Sino yig‘lamoqdan beri bo‘lib. (M. Osim) 3. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishga tayyorlash vaqtida tegishli organ (mansabdor shaxs) quyidagi masalalarni: – Mazkur ishni ko‘rib chiqish uning huquq doirasiga kirish- kirmasligini; – Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi protokol va ishga oid boshqa materiallar to‘g‘ri tuzilgan-tuzilmaganligini... hal qiladi. 4. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining lug‘at boyligi asosan besh manba negizida tarkib topgan: 1) Umumturkiy so‘zlar; 2) O‘zbekcha so‘zlar; 3) Tojik tilidan kirgan so‘zlar; 4) Arab tilidan kirgan so‘zlar; 5) Rus tilidan kirgan so‘zlar. 72-mashq. Berilgan so‘zlarni bo‘g‘in ko‘chirishga doir xatoni tuzatib ko‘chi- ring. Xatolarni bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga asoslanib izohlang. A-sosiy, o-madli, a-rava, e-shelon, mutola-a, matba-a, diag-ramma, mudofa-a, monog-rafiya, geog-rafiya, silind-rik, kos-hona, soc-hiq, sin- gil, ko‘n-gil, den-giz, Chin-giz. 73-mashq. Quyidagi ifodalar satrdan satrga ko‘chiriladimi? Javobingizni qoida asosida izohlang. BMT, SamDU, 6-“B” sinfi, 37, IV “B” guruhi, 210 gr, 25 ga, 98 m, 33 sm, 110 mm, 1991, 652, “Navro‘z – 92” (festival), “Boing – 767” (samolyot), “O‘qituvchi – 1991” (ko‘rik tanlov), XXI, “Foton – 774” 27 (televizor), “Andijon – 9”, “Termiz – 16” (g‘oza navlari), A. S. Sobirov, S. H. Safarov, Sh. Shoabdurahmonov v.b., virus va sh.k. Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling