ORFOEPIYA
74-mashq. Shevangizda adabiy talaffuzga mos kelmaydigan tarzda aytiladigan
20 ta so‘z va so‘z shaklini tanlab, shevadagi va adabiy tildagi talaffuzini yonma-
yon yozing. So‘zlarning adabiy talaffuzi ustida mashq qiling.
Namuna:
Shevada
(notog‘ri talaffuz)
Adabiy tilda
(to‘g‘ri talaffuz)
qara
oka
qavun
oshshi
yengi
kelopti
yonima
qora
aka
qovun
oshni
yangi
kelyapti
yonimga
Savollar:
1. Orfoepiya bo‘limida nima o‘rganiladi?
2. Orfoepiyaning adabiy tildagi ahamiyati qanday?
3. Adabiy talaffuz me’yori nima?
4. O‘zbek orfoepiyasi qaysi bo‘limlardan tashkil topgan?
75-mashq. Talaffuz me’yoriga muvofiq yozilgan quyidagi so‘zlarni o‘qing.
Ularning imloviy shaklini yonma-yon yozing.
Namuna: barkka – bargga.
Maxsat, boqqa, doyira, ukrayin, keskan, go‘sh, Samarqan, direktir,
maktap, masxaravos, yigichcha, bezammog‘, shamba, sumbula, mar-
varit, savot, bo‘schi, mistan, ishtan, akeyan, kamissiya, shoyir, biya-
logiya, kavop, milyon, buqqa, barkka, yoxsa, sixsa, taxsim, oxshom,
ketkan, massash, doyim, fasil, bunyot, istirop, bormapti, aftamabil,
kosmis, maxtov, bo‘yoxchi, ixtisot, to‘xson, mamba, seshamba, qo‘l-
lamma, otti, gram, bal, sabir, naqil, aqil, tuzik, turmish, demakratiya,
soatsos, iptidoiy, fanema, o‘qishta, pospon, qurp, kosip, ko‘plap, yuz-
lap, darax, fudbol, farzan, ixtisochchi.
28
Nima uchun so‘zlarning yozilishi va talaffuzi doim ham bir-biriga mos
kelavermaydi?
Unli tovushlar talaffuzi
Do'stlaringiz bilan baham: |