Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
17-mashq. Ko‘chiring. Portlovchi undoshlarni topib, tagiga chizing.
Otliq piyodaga, turgan odam o‘tirganlarga salom berishi lozim. Ki- chiklar kattalarga, yolg‘iz odam turganlarga salom beradi. Salom bera- yotgan kishi ochiq chehrali bo‘lishi darkor. Imo-ishora bilan emas, ovoz chiqarib salomlashish kerak. (Husayn Voiz Koshifiy) 18-mashq. Sirg‘aluvchi undoshlar qatnashgan so‘zlarni topib ko‘chiring. Sir- g‘aluvchi undoshlarning tagiga chizing va ularni tavsiflang. 1. Yozning issiq kunlari, quyosh tikka ko‘tarilgan. Bepoyon, ko‘m- ko‘k dala ko‘ksida yonayotgan quyosh shu’lasi laxcha cho‘g‘ bo‘lib, g‘ozalar ustida tovlanib ko‘rinadi. (G‘ayratiy) 2. Falakning gardishi 10 bilan Mirzo Bobur Hindiston degan yurtga borib qolib, u yerning sul- toni bo‘libdi. (“Hidi, tilimi va mazasidan” rivoyatidan) 19-mashq. Matnni o‘qing. So‘zlardgi undosh tovushlarni ajratib, hosil bo‘lish o‘rni, hosil bo‘lish usuli, ovoz va shovqinning ishtiroki, ovozning miqdoriga ko‘ra tavsivlang (takrorlangan tovushlar olinmaydi). Namuna: xiyla – x – chuqur til orqa, sirg‘aluvchi, jarangsiz, shovqinli undosh. Inson uchun, havo, quyosh, suv, non, ota-ona qanchalik aziz va mu- qaddas bo‘lsa, Vatan ham shunchalik mo‘tabardir. Vatan ona tuproqdan boshlanadi. Vatanga muhabbat uning dalalari, qir-adirlari, moviyrang tog‘lari dasht-u sahrolariga bo‘lgan muhabbatdan boshlanadi. (X. Dav- ron) Bo‘g‘in 20-mashq. So‘zlarni bo‘g‘inga ajrating. Paxta, sabzavot, koʻngil, aka, go‘zallik, to‘playdi, ta’na, e’lon, e’ti- qod, daryolardan, ta’tilda, mutolaa, un, asr, bodring, yoz, ma’naviyat, katta, hakka, pilla, beshiktervatar, xalq, madaniy, qirq. Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling