Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
4-mashq. Gaplarni pauzalarga rioya qilib o‘qing. Ulardagi fraza, takt, fonetik 
so‘zlar miqdorini aniqlang. 
1. Mashinadan tushganimizni uzoqdan ko‘rib turgan kishi yugurib 
oldimizga keldi. (G‘ayratiy) 2. Bugun qishloqlarimizga sanoat kirib 
bormoqda. (S. Barnoyev) 3. Rasul cho‘l va daryolar tasvirini osongina 



tushirdi-yu, lekin shaharlarga kelganda biroz o‘ylanib qoldi. (N. Nor-
qobil)
 
Nutq tovushlari. Unli tovushlar 
 
5-mashq. Quyida berilgan harflar ifodalagan tovushlarni talaffuz qiling. Nutq 
a’zolarida qanday o‘zgarish sodir bo‘lishi va havo oqimi yo‘lini tushuntiring. 
1) a, e, i, o, u, o‘; 
2) b, d, f, g, g, h, j, k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g‘, sh, ch, ng. 

 

Savol va topshiriqlar: 
1. Ikkala qatordagi nutq tovushlari bir-biridan nima bilan farqlanadi va ular 
qanday tovushlar deb ataladi? 
2. Unli va undosh tovush bir-biridan qanday xususiyatlari bilan farqlanadi? 
3. Bir unli va bir undosh bilan farqlanuvchi 5 tadan so‘z jufti topib yozing. 
So‘zlarning ma’nosini tushuntiring.
Namuna: tor – to‘r, joy – choy.
4. Bajargan topshirig‘ingiz asosida nutq tovushi qanday vazifa bajarishini 
tushuntiring.
6-mashq. Har bir so‘zdagi unli va undosh tovushlarni ajratib yozing. Ularni 
talaffuz qilib ko‘ring. 
O‘rik, gul, sa’va, bodring, olmos, qahraton, asov, daryo, shimol, tog‘, 
lab, pichoq. 
7-mashq. So‘zlar ma’nosini farqlayotgan tovushlarni topib, tagiga chizing. 
Tiy, toy, to‘y, tuy; yer, yur, yir, yor, yo‘r; bor, bar, bir, ber, bur, bo‘r; 
siz, sez, suz, soz, so‘z. 
 
Savol va topshiriqlar:
1. So‘zlar ma’nosini farqlayotgan tovushlar qanday tovush deyiladi? 
2. O‘zbek tilida nechta unli tovush bor? 
3. Unli tovushlar qaysi belgilariga ko‘ra tasniflanadi? 
4. unlisi unlisidan qaysi belgilari bilan farqlanadi? 
5. i unlisi unlisidan nimasi bilan farqlanadi? u unlisidan-chi? 
6. u unlisi o‘ unlisidan nimasi bilan farqlanadi? 
7. a va oi va eu va o‘i va u tovushlari bilan farqlanuvchi 6 tadan so‘z yozing. 



Namuna: ana – ona, bil – bel, tur – to‘r, qir – qur.
8-mashq. O‘qing. Unlilarni topib, to‘liq tavsif bering. 
Namuna: Baxil: a va i unlilari qatnashgan. a – quyi keng, til oldi, lablanmagan 
unli, urg‘usiz bo‘g‘inda. i – yuqori tor, til oldi, lablanmagan unli, urg‘uli bo‘-
g‘inda. 
Baxil, sazovor, ko‘ngil, jiydazor, badavlat, bilimli, tekin, tulki, yo‘l-
bars, taraqqiyot, telefon. 
9-mashq. So‘zlarni bo‘g‘inga ajrating. So‘zda nechta unli borligini ayting. 
Unlining bo‘g‘in hosil qilishdagi rolini tushuntiring. 
Daryo, beshiktervatar, kabutar, poyezd, tor, kapalak, malla, keng, 
alloma, nafosat, kibernetika. 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling