13-mashq. Lab-lab va lab-tish v tovushi qatnashgan so‘zlarni ikki guruhga
bo‘lib yozing. Shunday so‘zlarga 5 tadan misol topib yozing.
Suv, qovun, vertolyot, suruv, vagon, vazir, chivin, vazelin, vazifa,
sovg‘a, vatan, variant, valiy, voy, suvoqchi, varillamoq, vazn, vijdon,
tovuq, qavimoq, vakil, variant, vasvasa, vasl, vafo, quv, garov, va’da,
vaqir-vuqur, qirov, olov, veteran, vergul, chuvullamoq, gavda, viloyat.
9
Savollar:
1. Lab-lab v tovushi qanday so‘zlar tarkibida uchraydi va asosan so‘zning qaysi
qismida keladi?
2. Lab-tish v tovushi qanday so‘zlar tarkibida uchraydi?
14-mashq. Matnni o‘qing. Til oldi undoshlari qatnashgan so‘zlarni topib, ko‘-
chiring. Til oldi undoshlarining tagiga chizing va turlarga ajratib tavsiflang.
Domlaga ergasib, hovlisiga bordim. Domla ikkita qo‘rga ko‘milgan
jo‘xori bilan bitta sopol tovoqda moshxo‘rda chiqarib berdi. Bu lazzatli
taomni huzur qilib ichib oldim. (G‘. G‘ulom)
15-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan harflar qanday tovushni ifodalayotganini ayting.
Bu so‘zlarning yozilishi va aytilishini yonma-yon yozing.
Namuna: kitob – kitop
Kito b, ozo d, bar g, bo g‘cha, gara j, gan j, makta b, ket gan, ot di, i zsiz,
tu zsiz, javo b, a vtobus, hiso b, tu b, yo g‘siz, yo d, to‘rt da, i jtimoiy, tira j,
qoch di, ish ga, zo g‘cha, i zhor, kas b, Jabboro v, to j, aysber g, drena j.
O‘zbek tilida qaysi jarangli undoshlarning jarangsiz jufti bor?
16-mashq. Jarangli va jarangsiz undoshlar bilan farqlanuvchi 10 juft so‘z topib
yozing. Namuna: dor – tor.
Do'stlaringiz bilan baham: |