10-mashq. Gaplarni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarda unli nima uchun
cho‘zib aytilganini tushuntiring.
1. Assalomu alayku-u-m, Toshbaqa tog‘a! Qachon alik olasiz?
Yuragim g‘ash bo‘lib ketyapti, tog‘ajon! (A. Obidjon) 2. – Obbo-o, bu
dunyoda tinchroq joy qolmadi shekilli... Hoy, kim u hadeb salom
berayotgan? (A. Obidjon)
3. – Yo‘-o‘-o‘q! – deb o‘rmalab qaysar,
Onasin jerkib vaysar. (H. Yoqubov)
4. Ishlar bitsin, xotin!
Yangi qavigan ko‘rpangda oyoqni cho‘zi-i-b,
Ko‘k choyni suzi-i-b,
Maza qilib yotaman... (T. Jo‘ra)
Undosh tovushlar
11-mashq. Har bir guruhdagi undoshlarni umumiy xususiyatiga ko‘ra bir so‘z
bilan nomlang.
Namuna: b, p, d, t, k, q, g, ch, j – portlovchi undoshlar.
1. b, v, g, d, y, j (dj), j, z, m, n, ng, l, r, g‘. 2. v, f, z, s, sh, y, x, h, g‘.
3. b, p, d, t, k, q, g, ch, j. 4. p, k, t, ch, s, sh, q, x, h. 5. m, n, ng, l, r. 6. b,
p, v, f, m. 7. t, d, l, n, s, z, sh, j (dj), r, ch, j, y, k, g, ng, q, g‘, x. 8. h. 9.
8
t, d, l, n, z, s, sh, j (dj), r, ch, j. 10. t, d, l, n, s, z. 11. sh, j (dj), r, ch, j.
12. y. 13. g, k, q, g‘, x, ng. 14. q, g‘, x. 15. k, g, ng. 16. m, n, ng. 17. r.
18. j (dj), ch.
Savollar:
1. Undosh tovush nima?
2. Undosh tovushlar qaysi belgilariga ko‘ra tasniflanadi?
3. Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra undoshlar necha guruhga bo‘linadi?
4. Lab undoshlari qaysilar?
5. Lab undoshlari necha guruhga bo‘linadi?
6. Til undoshlari qaysilar?
7. Til undoshlari necha guruhga bo‘linadi?
8. Til oldi undoshlari necha guruhga bo‘linadi?
9. Til o‘rta undoshi nechta?
10. Sayoz til orqa undoshlari qaysilar?
11. Chuqur til orqa undoshlari qaysilar?
12. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra undoshlar necha guruhga bo‘linadi?
13. Portlovchi undoshlar qaysilar?
14. Sirg‘aluvchi undoshlar qaysilar?
15. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra undoshlar necha guruhga bo‘linadi?
16. Jarangli undoshlar qaysilar?
17. Jarangsiz undoshlar qaysilar?
18. Sonor undoshlarga qaysi tovushlar kiradi?
19. Qorishiq undoshlar qaysilar?
20. Burun tovushlariga qaysi undoshlar kiradi?
12-mashq. O‘qing. Lab undoshlari qatnashgan so‘zlarni topib, ko‘chiring. Lab
undoshlarining tagiga chizing va turlarga ajratib tavsiflang.
Tog‘am har safar: – Qovun poliziga boringlar, handalak so‘yib bera-
man! – derdi. Gohida kichik, hidli handalakchalar olib kelardi. Biram
hidi yaxshi bo‘lardiki, kun bo‘yi qo‘ynimizga solib hidlab yurardik.
Koptokka o‘xshash bejirim, serto‘r edi. (Sh. Sa’dulla)
Do'stlaringiz bilan baham: |