Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 94-mashq.
93-mashq. Matndan -ibdi qo‘shimchasini olgan fe’llarni ajratib, imloviy shakli
va talaffuzini yonma-yon yozing. -ibdi qo‘shimchasining talaffuzi va imlosini tushuntiring. Namuna: yozibdi – yozipti – Tokni qanday parvarish qilish to‘g‘risida bir dongdor sohibkor kitob yozibdi, – dedi tog‘asi. – O‘sha sohibkor o‘zining oltmish yillik tajribasini shu kitobda bir-bir bayon qilibdi. Tog‘asi o‘sha kitobni o‘qibdi. Keyin kitobdan o‘rganganini ishga solibdi. Natija-da so‘ridagi uzumlarni yetishtiribdi. (N. Maqsudiy) 94-mashq. Quyida berilgan otlarga -ga, fe’llarga esa -gan yoki -gach, -guncha, -gani, -gin qo‘shib talaffuz qiling. Bu qo‘shimchalarning talaffuzi va imlosini tushuntiring. 32 1) ish, ot, qop, qosh, mis, dard, eshik, terak, mushuk, kitob, botmoq, kesmoq, topmoq, ochmoq, tikmoq, to‘kmoq, ekmoq, birikmoq; 2) qir, yoz, nihol, ko‘z, garaj, tom, ong, qolmoq, bormoq, yuvmoq, uzmoq, ishonmoq, chizmoq, tiymoq, o‘ymoq, yengmoq; 3) pichoq, qarmoq, o‘roq, taroq, qo‘shiq, siqmoq, chiqmoq, chiniqmoq, tiqmoq, oqmoq; 4) barg, pedagog, biolog, katalog, pirog, tegmoq, egmoq, tugmoq; 5) bug‘, tog‘, chog‘, saryog‘, sig‘moq, og‘moq, sog‘moq, yig‘moq. 95-mashq. Sheva talaffuzida berilgan quyidagi fe’llarning adabiy talaffuzga xos shaklini yonma-yon yozing va talaffuz qiling. Namuna: taqqiladi – taqilladi. Taqqiladi, guvviladi, tiqqiladi, chiqqiladi, chirriladi, sharriladi, gur- riladi, qarssiladi, g‘izzilab, tarriladi, vaqqiladi, pirrilab, biqqilab, yalt- tilab. Boshqa tildan o‘zlashgan so‘zlar talaffuzi 96-mashq. So‘z oxirida qator undoshlar kelgan o‘zlashma so‘zlarni o‘qing. Ularning talaffuzini tushuntiring. 1. Qadr, sabr, fikr, aql, naql, kibr, shukr, zikr, ilm, zulm, qatl, satr, makr, sehr, mehr, qahr, hilm, fasl, vasl, asl, nasl, hukm, muhr, umr, bahr, uzr, nazr, jabr, jahl. 2. G‘arb, sharq, g‘arq, farq, ishq, mashq, zirk, rashk, mushk, tarz, zarb, harb, tark, farz, qarz. Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling