Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
 
 
 
 


34 
LEKSIKOLOGIYA 
 
So‘z va uning ma’nosi 
100-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning matndagi lug‘aviy va grammatik 
ma’nosini izohlang. 
Namuna: Sumalaklar – lug‘aviy ma’nosi: qorning erib oqib qayta muzlashi 
natijasida hosil bo‘lgan naysimon muz; grammatik ma’nosi: turdosh ot, bosh 
kelishikda, ko‘plik ma’nosini ifodalagan, gapdagi vazifasi ega.
1. Qo‘yning sutidan qilingan bu ayron achchiq emas. Ta’mi juda 
boshqacha. (P. Qodirov) 2. Bo‘gotda sap-sariq bo‘lib osilib turgan 
sumalaklar quyosh shu’lasiga chidayolmay, yosh to‘kmoqda. (M. Ala-
viya) 3. Bu yerda nodir o‘simliklarni, chuqur daralarni, sirli g‘orlarni, 
kamyob parrandalarni, zangori yaylovlarni uchratamiz. (A. Aminov)
4. Cho‘lga o‘rgangan asov qo‘y og‘ilni buzguday tipirchilaydi. (S. Ah-
mad) 5. Oybolta, qo‘larra, tesha bilan daraxtlarning qiyshiq o‘sgan 
shoxlarini kallaklaydilar. (M. Ismoiliy) 
6. Og‘rimay desang, 
Chay meva yesang. (P. Mo‘min) 

Savollar: 
1. So‘z nima? Uning qanday muhim belgilari bor? 
2. Leksikologiyada so‘z qaysi jihatdan o‘rganiladi? 
3. So‘zning lug‘aviy va grammatik ma’nosi deganda nimani tushunasiz? 
101-mashq. Berilgan so‘zlarning lug‘aviy ma’nosini izohlang. (Buning uchun 
F. Safarov, S. Safarovning “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun izohli lug‘ati” 
(Toshkent, “Fan”, 2012) dan foydalaning.) Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar ishtirokida 
gap tuzing. 
Abjir, asov, alloma, anjuman, asqatmoq, ansambl, armug‘on, arzan-
da, ayamajiz, ayron, ag‘anamoq, ashyo, bargak, battol, bazm, bejirim, 
billur, beqasam, beysbol, biyday, burkanmoq, bodramoq, bo‘z, bodroq, 
boldoq, buta, bo‘yra, boqiy, bujur, dizayn, doroyi, dumbul, egat, yengil, 
ermak, gajak, gerbariy, garmsel, gijinglamoq, guvala, guvranmoq, 
hammol, harir, hovur, hoshiya, chuvrindi, chirmashmoq, chilpimoq, 
chandimoq, o‘mrov, xazonchinak, ufq, uzangi, ufurmoq, tushov, tivit, 
tolqon, tarnov, targ‘il, sopol, sovliq. 


35 
102-mashq. Quyidagi lug‘aviy birliklarni leksema va nutqiy yasama so‘zlarga 
ajrating. Bunda lug‘aviy birlikning tayyorligi yoki nutqda hosil bo‘lishiga asos-
lanib ish ko‘ring. 
Shaftoli, dengiz, mavj, shaftolizor, kater, kosa, kulba, kumush, kurk, 
donolik, mayiz, ishsiz, kompyuterchi, radiosoz, ko‘katfurush, o‘simlik-
shunos, anorzor, taroq, irodasiz, noilmiy, nodurust, betashvish, loqayd, 
toshbaqa, bodomqovoq, kislotali, tuzli, ma’noli, tinch, ishchi, to‘g‘ram, 
o‘rim, yig‘indi, tartibli, uzumzor, terakzor, nevarali, evarali, chevarali, 
navbatsiz, arzonchilik, qishloqchilik, najotsiz, bo‘zfurush, nosfurush, 
sochma, ko‘chma, istiqlol, izg‘imoq, tush, bekat, zimdan, maslahatchi
baliqshunos, baliq, toshkentlik. 
Savollar:
1. Leksema nima? 
2. Leksemaning nutqiy yasama so‘zdan farqi nimada? 
3. Nima uchun izohli lug‘atda faqat leksemalar izohlanishi kerak? 
4. Leksemaning shakl tomoni qanday ataladi? 
5. Leksemaning mazmun tomoni qanday ataladi? 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling