4-§. LEKSIKOLOGIYA
1. I ustunda berilgan so'zlar ko'chma ma'noda
qo'llanganda II ustundagi qaysi so'zga sinonim bo'la
oladi?
1) yugurmoq
a) paydo bo'lmoq
2) o'ymoq
b) muddat; davr
3) bahor
c) azob bermoq
A) l-b; 2-c; 3-b
B) 1-c; 2-a; 3-c
C) l-a; 2-c; 3-b
D) bu so'zlar o'zaro sinonim bo'la olmaydi
2. Abdulla Qahhor qalami bilan ming-minglab
o'quvchilari, ixlosmandlari, shogirdlari yuragiga chiroq
yoqib ketdi.
Berilgan gapdagi ostiga chizilgan so‘zda qaysi usulda
ma'no ko'chgan?
A) vazifadoshlik B) sinekdoxa
C) metafora D) metonimiya
3. Addoi otang Yusufbek hoji. Toshkand 27 dalv oyida
1264-nchi yilda yozildi. (A.Qodiriy)
Tagiga chizilgan so'zning ma'nodoshini aniqlang.
A) tugatuvchi
B) duo qiluvchi
C) davom etuvchi D) yo'lovchi
4. Agar yaxshiliging seni xursand qilib, yomonliging
xafa qilsa, demak, sen mo'min ekansan.
Ushbu gapdagi antonim so'zlar qaysi so'z
turkum(lar)iga tegishli?
A) sifat, fe'l
B) ot, sifat C) ot, fe'l D) fe'l
5."Ajralmoq" fe'lining asl (bosh) ma'nosi qaysi misolda
berilgan?
A) Odatda, buloqlar o'zlarining qaysi tog' jinslaridan
chiqishiga qarab, bir necha turlarga ajraladi.
B) Bu hammadan ajralib chiqqan shaxs ― samarqandlik
To'g'onbek edi.
C) Vaqt o'tishi bilan kesilgan daraxtlarning po'stlog'i
tanasidan ajraladi.
D) Elga qo'shilsang – er bo'lasan, eldan ajralsang – yer
bo'lasan.
Do'stlaringiz bilan baham: |