186. 1) yozmoq; 2) ko'rmoq; 3) chiqmoq; 4) osmoq
Ushbu fe'llardan payt ravishdoshi yasalganda ularning
qaysi biri morfologik (yozuv) qoida asosida yoziladi?
A) 1, 2, 4 B) 2, 3, 4 C) 1, 3 D) 1
187. Yoshligidan tabiiy fanlarga shunday mehr
qo'ydiki, bu fanlarning sirli olami uning butun borlig'ini
qamrab oldi.
Ushbu gapda nechta so'z fonetik yozuv qoidasi asosida
yozilgan?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
188. Oʻlmaslikka ishora — o'langa oshiqligim,
Saodatga ishora — zamonga oshiqligim,
Teranlikka ishora — ummonga oshiqligim,
Go'zallikka ishora — bo'stonga oshiqligim —
Bahor, ketma mening bog'imdan. (Toʻra Sulaymon)
Ushbu she ʻriy parchada fonetik oʻzgarish asosida
yozilgan yasama soʻzlar necha oʻrinda hokim qism
vazifasini bajargan?
A) 5 B) 4
C) 3
D) 6
189. O‘z ruhing bilan ziddiyatga bormaslikning
yagona yo‘li foydali mexnatdir.
Ushbu gapda imloviy jihatdan xato yozilgan so‘z qaysi
gap bo‘lagi vazifasida kelgan?
A) aniqlovchi B) to‘ldiruvchi
C) hol
D) kesim
190. O'zbek tilida quyidagi tovush almashuvining qaysi
ko'rinishi kuzatilmaydi?
A) otdan fe'l yasalganda o'zakdagi o tovushi a tovushiga
almashishi
B) fe'ldan sifat yasalganda a tovushi o tovushiga
almashishi
C) fe'ldan ot yasalganda a tovushi o tovushiga
almashishi
D) otdan sifat yasalganda o'zakdagi a tovushi o
tovushiga almashishi
191. O‘zligini anglashga bel bogʻlagan har bir xalq va
millat buyuk ajdodlari xizmatlarini e ʻzozlashni o‘rniga
Do'stlaringiz bilan baham: |