12. Bahr so'zi qaysi gapda tug'yon, to'fon so'zlariga
ma'nodosh bo'lib kelgan?
A) Terdi san'at bahrining qimmatbaho injusidan.
B) Buloqlarda qaynadi g'azabning bahri.
C) Yigitlar taltayar qizlar bahrida.
D) Bir yoningda Sevanday bahr, Misoli bulutlar ichida
qamar.
13. Baland oxurdan yem yemoq iborasining ma'nosi
qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?
A) boquvi zo'r bo'lmoq
B) o'ta takabbur bo'lmoq
C) hayot darajasi, maishati yuqori bo'lmoq
D) katta maqsad sari intilmoq
14. Bedav boylovda semirar,
Qo'y-qo'zi yaylovda. (Maqol)
Ajratib ko'rsatilgan so'z qaysi javobda to'g'ri
izohlangan?
A) yuvosh B) o'ynoqi
C) oriq D) yovvoyi
15. Berilgan gapdagi bot so‘zi qaysi so‘z turkumiga
mansub?
Tez yongan bot soviydi.
A) ot B) sifat C) fe’l D) ravish
16. Berilgan gapdagi tagiga chizilgan so‘zda qaysi
usulda ma’no ko‘chgan?
Onam qoshida tiz cho‘kkan, qora qumg‘on...
A) metafora
B) vazifadoshlik
C) sinekdoxa
D) metonimiya
17. Berilgan gaplarda dam so'zi qanday so'zlarga
ma'nodosh bo'la olishini mos ravishda aniqlang.
1. Bir dam o'zini yo'qotib, esankirab qoldi.
2. Ot pishqirgan damiga erir tog'dagi qorlar.
3. Ibrohimov oyog'ini yozgani o'rnidan turdi va
ayvonning damiga borib ... uzoqdagi kaptarrang
tog'larga qaradi.
4. Xanjarini qinidan sug'urib oldi-da, damini oydinga
solib boqdi.
A) lahza, nafas, tig’, chet
B) lahza, diet,
nafas, tig'
C) lahza, nafas, chet, tig'
Do'stlaringiz bilan baham: |