97. Olam hodis, qo'lga tushib qolsang, so'roq kezida
aybni faqat o'z bo'yningga olib, oraga meni
qotishtirmaysan! (A.Qodiriy)
Berilgan gapdagi olam hodis birikmasining ma'nodoshi
qaysi javobda keltirilgan?
A) masalan B) ehtimol C) avvalo D) xullas
98. Ona zamin qish uyqusidan uyg'ondi.
Ushbu gapda ma’no ko'chishining qaysi turi kuzatiladi?
A) sinekdoxa B) vazifadoshlik
C) metonimiya D) metafora
99. Oqlamoq so'zining asl (bosh) ma'nosi qaysi javobda
ko'rsatilgan?
A) sholi oqlamoq, mastavani oqlamoq
B) daraxtlarni oqlamoq, devorni oqlamoq
C) ishonchni oqlamoq, choyni oqlamoq
D) do'stni oqlamoq, ona sutini oqlamoq
100. Ortmoq so'zi qaysi gapda ko'chma ma'noda
qo'llangan?
A) Mehnatdan do'st ortar, g'iybatdan dushman.
B) Toza suvga bo'lgan ehtiyoj kundan kunga ortib
bormoqda.
C) Qalay, novvoylikdan bir nima ortdimi?
D) Xarajatdan ancha pul ortib qoldi.
101. Oyog'ingiz yugursa, maqsadingizga yetkazadi,
tilingiz yugursa, boshingizga falokat keltiradi.
Ushbu gapda ajratib ko'rsatilgan so'z ma’nosi qaysi
usulda ko'chgan?
A) metafora
B) sinekdoxa
C) vazifadoshlik D) metonimiya
102. Paronimlarni qo'llash bilan bog'liq xato mavjud
gapni toping.
A) Adl teraklar qishloqning husniga husn qo'shadi.
B) Amringizga muvofiq keldim.
C) Yaxshiga yondash, yomondan qoch.
D) Asl maqsadingizni ayting
103. Paronim so'z noto'g'ri qo'llangan gapni toping.
A) Bir asrga tatigulik yillarni bosib o'tdik.
B) Ularning hayoti shunchaki bir ro'zg'or tebratish
taxlitida o'tdi.
C) Qadr bilmas qarindoshdan qadr qilgan yod yaxshi.
D) Yoriq joyni yamash uchun rosa harakat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |