«Ona tilim o’lmaydi !» tadbir senariysi
Download 22.66 Kb.
|
ona tilim o\'lmaydi senariysi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quvchi
- 2- boshlovchi
- 4- o‘quvchi
- 1- boshlovchi
Boshlovchi: — Mana, eshitdingizmi azizlar, yolg‘onchi insonning gapiga hech bir inson ishonmaydi, shuning uchun doim rost so‘zlash kerak.
O‘quvchi: — Azizlar, har bir davlatni dunyoga tanituvchi boyligi bu tilidir. Til bor-ki, kishilar bir-birlari bilan so‘zlashadi, dardlashadi. O‘quvchi: — Ha, albatta, til — millat g‘ururi. Qadimiy va bebaho tilimiz ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lgan ulkan xazinadir. O‘quvchi: — O‘zbek tiling bunchalar betakror va jozibali bo‘lishiga o‘zlarining beminnat ulushini qo‘shgan siymolar xotiramizda abadiy barhayotdir. O‘quvchi: — Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Koshg‘ariy. Bu siymolar chin ma’noda dahodirlar. Ular o‘zlari yaratgan betakror va go‘zal asarlar orqali o‘zbek tilimizning naqadar boy va go‘zal til ekanini isbotlab berishgan. (Muhammad Yusuf qalamiga mansub «Ona tilim» she`ri o‘qiladi. Sanobar Rahmonova ijro etgan «Ustozlar» qo‘shig‘i sinf o‘quvchilari tоmonidan ijro etiladi). 2- boshlovchi: — Aziz mehmonlar, endi o‘quvchilarning qanchalik ko‘p kitob o‘qiganliklari va ona tilimizning dur-u javohirga teng so‘zlarini qay darajada bilishlarini sinaymiz. Buning uchun o‘quvchilar orasidan tanlangan 5 nafar tengdoshimiz «Maqolni davom ettir…» shartida bellashishadi. 1- o‘quvchi: Til odobi — … (el odobi). 2- o‘quvchi: Tilga e’tibor … (elga et’ibor). 3- o‘quvchi: Til bor bol keltirar, … (Til bor balo keltirar). 4- o‘quvchi: Tilingda bo‘lsa boling, … (Kulib turar iqboling). 5- o‘quvchi: Odam so‘zlashguncha, … (Yilqi kishnashguncha). O‘quvchi: Oldin o‘yla, … (keyin so‘zla). O‘quvchi: So‘zga lab ochsang, hikmat bilan och, … (Aqlsiz vaq-vaq, safsatadan qoch). Maqolni davom ettirolmagan o‘quvchi o‘yinni tark etadi. O‘yin oxirida qolgan o‘quvchini barcha mehmonlar olqishlaydi. 1- boshlovchi: — Endi navbatni o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan «Til bilgan — el biladi» deb nomlangan sahna ko‘rinishiga beramiz. Marhamat! (Sahnada bir o‘quvchi ingliz tili kitobini o‘qib o‘tiradi. Ikki o‘quvchi sahnaga kirib keladi). Download 22.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling