Nutqiy va lingvistik kompetensiyalrni shakllantirish
№ 66.
Manba: Ona tili didaktikasi. O.Roziqov va b. V BOB.
Qiyinlik darajasi:2
……….. insonning bilish jarayonini tartibli ravishda amalga oshirish yoki biror obyektni amaliy o‘zgartirish uskunasi, mexanizmi. U insonning amaliy faoliyati negizida yuzaga keladi.
Usul
Metod
Tarbiya
Texnologiya
№ 67.
Manba: Ona tili didaktikasi. O.Roziqov va b. V BOB.
Qiyinlik darajasi:3
Qaysi metod hikoya, ma’ruza shakllariga ega bo‘lib, unda asosan, o‘qituvchi tushuntiradi, o‘quvchilar tinglaydi?
Og‘zaki bayon metodi
Evristik suhbat metodi
Hikoya metodi
Ma’ruza metodi
№ 68.
Manba: Ona tili didaktikasi. O.Roziqov va b. V BOB.
Qiyinlik darajasi:2
Qaysi metod turida yangi mavzu o‘qituvchi tomonidan aytib beriladi? Masalan, 5-sinfda o‘quvchilariga “So‘z birikmasi” mavzusi o‘tilayotganda, o‘qituvchi so‘z birikmasining ta’rifini (Tobe hamda hokim so‘zning o‘zaro uyg‘unligi so‘z birikmasidir) keltiradi. Misollar yozilgan ko‘rgazmadan foydalanadi.
Hikoya metodi
Ma’ruza metodi
Og‘zaki bayon metodi
Evristik suhbat metodi
№ 69.
Manba: Ona tili didaktikasi. O.Roziqov va b. V BOB.
Qiyinlik darajasi:3
Qaysi metod mazmun-mohiyatiga ko‘ra 1) muayyan mavzuga yo‘naltirilgan; 2) mavzu haqida axborot beradigan; 3) qiyosiy xarakterda mavzuni yoritadigan; 4) mavzu mazmuniga qiziqish uyg‘otadigan turlarga bo‘linadi?
Ma’ruza metodi
Do'stlaringiz bilan baham: |