Jurnal
Dars rejasi
№ 74.
Manba: Ona tili didaktikasi. O.Roziqov va b. V BOB.
Qiyinlik darajasi:3
Darsning didaktik ta’minotini ta’minlovchi ta’limiy manbalarga nimalar kiradi? a) darslik; b) o‘quv qo‘llanma d) metodik qo‘llanma e) lug‘atlar f) ma’lumotnomalar; g) qomuslar h) metodik tavsiyalar.
a, b, d, e, f, g, h
d,e,f,h
a, b, d, e, f,
b, d, e, g, h
№ 75.
Manba: https://uz.denemetr.com
Qiyinlik darajasi:2
………………….. muayyan ketma-ket bajariladigan jarayonlar majmuasi bo‘lib, nazariy va amaliy masalalarni yechishda ishlatiladi. Ona tilining kognitiv ta’limi o‘z maqsadiga faqat ana shunday xarakterdagi …lar asosidagina erisha oladi.
Algoritmik darslik-dastur
Milliy o‘quv dasturi
DTS
Darslik
№ 76.
Manba: Z.Xolmonova, T.Yusupova. O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi. IV BOB
Qiyinlik darajasi:2
“U namoyishlarni o‘tkazish, qaror qabul qilish, o‘z vaqtini rejalashtirish, katta miqdordagi ma’lumotlarni esda saqlash, aqliy hujumlarni o‘tkazish, o‘z-o‘zini tahlil qilish, murakkab loyihalarni ishlab chiqish, mustaqil ta’lim, rivojlanish va shu kabi vazifalarni hal etishda ajoyib vosita bo‘lib xizmat qiladi”. Bu…
Intellekt xarita
Elektron darslik
Multimediya manbalari
Grafik organayzerlar
№ 77.
Manba: O‘zbek tili o‘qitish metodikasi. B. To‘xliyev va b. I QISM
Qiyinlik darajasi:3
Mеtodist olim A.G‘ulomov ta’lim mеtodlarini qanday turlarga bo‘lib o‘rganishni tavsiya etadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |