Onaxon jabborova, zuxra umarova


“Tarbiya” fanini o‘qitishning ijtimoiy asoslari


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/62
Sana30.08.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1671710
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62
Bog'liq
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi

“Tarbiya” fanini o‘qitishning ijtimoiy asoslari. Boshlang‘ich 
ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitishning ijtimoiy asoslarini bo‘lajak 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari chuqur o‘zlashtirishi shart.
Mazkur ijtimoiy asoslarning eng muhimlari quyidagilar tashkil 
etadi: 
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tarbiya ishini amalga 
oshirishda ularning jismoniy, aqliy, sensor va ruhiy imkoniyatlarini 
qat’iy hisobga olish; 
- tarbiya darslari va tarbiyaviy tadbirlarni qiziqarli, qulay va oson 
shakllarda tashkil etish; 
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tarbiyasi jarayonida ularning 
huquqlari va qiziqishlarini ustuvor bilish; 
- o‘quvchilarni ijodiy va mustaqil fikrlashga ko‘niktirish; 
- o‘quvchilarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va tashab-
buskor o‘quvchilarni rag‘batlantirib borish; 
- tarbiya ishida jazolash metodidan foydalanmaslik. 
Bunday yondashuv ta’lim tizimimizdagi yangi “Tarbiya” fanini 
o‘qitishning ijtimoiy asoslarini tashkil etadi. Chunki bu fan vositasida 
shaxsning va jamiyatning tarbiyaga bo‘lgan ehtiyoji amalga oshiriladi. 
Milliy va jahon halqlarining tarbiyaga oid tajribasi shuni ko‘rsatadiki, 
tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining manfaatlari ustuvor qo‘yilsa 
kutilgan samarani beradi.
“Tarbiya” fanini o‘qitishning ijtimoiy asoslari mazkur fan 
bo‘yicha oliy ma’lumotli va professional o‘qituvchilar tayyorlashgi 
taqozo etadi. Shu sababli mazkur “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” 
fanini o‘qitish metodikasi” fani ishlab chiqildi. Mazkur fan vositasida 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining quyidagi kasbiy 
kompetentsiyalarini shakllantirish nazarda tutiladi: 
- “Tarbiya” fanining nazariy, metodologik, didaktik va texnologik 
asoslari bilan talabalarni qurollantirish; 
- tarbiya nazariyasining eng muhim jihatlari va metodlari bilan 
talabalarni tanishtirish; 
64


- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashnirng pedagogik, 
psixologik va ijtimoiy asoslari bo‘yicha talabalarga bilim berish; 
- “Tarbiya” fani vositasida boshlang‘ich ta’limda amalga 
oshiriladigan tarbiya jarayonini muvofiqlashtirish ko‘nikmasi bilan 
talabalarni qurollantirish. 
Bularning barchasi oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak bosh-
lang‘ich sinf o‘qituvchilarini “Tarbiya” fanini o‘qitishga tayyorlashda 
asos hisoblanadi.
Ayni paytda, mazkur fandan tashqari oliy pedagogik ta’lim 
jarayonida “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fani ham o‘qitilmoqda. 
Ushbu fan vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining 
tarbiyaviy tadbirlar bo‘yicha kompetentsiyasi shakllantiriladi. Shu 
ma’noda ushbu fan “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish 
metodikasi” fani bilan integratsiyalashuvi taqozo etiladi.
Bugungi kunga qadar ta’lim tizimimizdagi asosiy kamchilik aniq
gumanitar va tabiiy fanlarni o‘qitishda ijtimoiy asoslarni hisobga 
olmaslik bilan belgilanadi. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayo-
nida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich ta’limda 
“Tarbiya” fani o‘qitishning ijtimoiy asoslarini chuqur o‘zlashtirishi 
shart.
 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling