Onaxon jabborova, zuxra umarova


“Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining aqliy tarbiyasi” mavzusi


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/62
Sana30.08.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1671710
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62
Bog'liq
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi

 
“Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining aqliy tarbiyasi” mavzusi 
bo‘yicha elektron-modulli ishlanma 
58


Bu elektron-modulli shakl o‘qituvchi tomonidan kompyuterda 
multimediyali shaklda tayyorlanadi va unda o‘quvchilarga mustaqil 
ta’lim topshiriqlarini nisbatan ko‘p foizda berishga asosiy e’tibor 
qaratiladi. O‘quvchilarning mavzuni o‘zlashtirganlik darajasi ham 
kompyuter vositasida baholanadi. 
Elektron-modulli shakldan foydalanish samaradorligi. Bosh-
lang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitishda elektorn-modulli 
shakldan foydalanish samaradorligi va uni kuzatib borish muhim 
ahamiyatga ega. Shu sababli bu o‘rinda ushbu fanni elektorn-modulli 
shaklda o‘qitishning samaradorlik mexanizmlariga e’tiboringizni 
tortamiz: 
a) 1-sinfda “Tarbiya” fanini o‘qitishda kompyuterli multimediyali 
darslardan foydalanish tavsiya etiladi; 
b) 2-sinfda mazkur fanni o‘qitishda mavzularning kompyuter 
dasturida matni beriladi va asosiy e’tibor o‘quvchilar bajaradigan 
mustaqil ta’lim topshiriqlariga qaratiladi; 
v) 3-sinfda bu fan bo‘yicha aqliy, jismoniy va ruhiy rivojlanishda 
ijobiy ta’sir etadigan multimediyali va tasvirli darslar mavzular 
bo‘yicha tashkil etiladi; 
g) 4-sinfda bu fan bo‘yicha tarbiyalanganlik darajasini belgilovchi 
ko‘rsatkichlar asosida ko‘proq multimediyali mashg‘ulotlar olib 
boriladi va bunda o‘quvchilarning faolligi, ularning yo‘naltirilganligi 
nazorat qilinadi. 
Bunday yondashuv boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini 
elektorn-modulli shaklda o‘qitish imkoniyatlaridan oqilona foydala-
nishni taqozo etadi. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘qitishning elektron-modulli
shaklini chuqur o‘zlashtirishi asosiy vazifalardan biridir.
Kezi kelganda eslatib o‘tish joizki, o‘qitishning elektron-modulli 
shakli bo‘yicha ilmiy, nazariy va metodologik ishlanmalar juda kam 
yaratilgan. Bu borada ilmiy tadqiqotlar va o‘quv materiallari yaratish 
endi amalga oshrilmoqda. Shu sababli pedagogik oliy ta’lim jarayonida 
“Ta’limning elektron-modulli shakli” maxsus kursni tashkil etish 
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bunday kurslar o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish kurslarida ham o‘qitilishi dolzarb bo‘lib turibdi. 
Chunki o‘qitishning elektron-modulli shakli murakkab sharoitlarda 
59


ta’lim va tarbiya jarayonini kutilgan darajada amalga oshirish imkonini 
beradi. Bunday zamonaviy o‘qitish shakllarini o‘zlashtirish har bir 
pedagogning burchidir.
“Tarbiya” fanini o‘qitishda elektron-modulli shakldan foydalanish 
uchun quyidagilarga e’tibor berilsa samarali hisoblanadi: 
- maktabning texnik jihozlaridan oqilona foydalanish; 
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kompyuter bilan ishlash 
ko‘nikmasini shakllantirish; 
- o‘quv materiallarining qiziqarli va qulay bo‘lishiga erishish; 
- imkon qadar axborot-kommunikatsiya vositalar bo‘yicha muta-
xassislar ko‘magidan foydalanish; 
- o‘quvchilarning mavzularni mustaqil o‘zlashtirishiga ahamiyat 
berish. 
Bunday yondashuv “Tarbiya” fanini elektorn-modulli shakldan 
foydalangan holda o‘qitishning samaradorligiga olib keladi. Bugungi 
kunda barcha boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari texnik jihozlardan 
foydalanish imkoniyatiga ega. Shu sababli o‘qitish jarayoniga elektron-
modulli kabi noan’anaviy ta’lim shakllarini tadbiq etish maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. 
 
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq: 
1. O‘qitishning elektron-modulli shakli xususiyatlari nimalardan 
iborat? 
2. “Tarbiya” fanini o‘qitishda elektron-modulli shakldan 
foydalanish deganda nimalarni bilasiz?
3. Elektron-modulli shakldan foydalanish samaradorligining 
asoslari nimalardan iborat? 
4. Quyidagi kitobni o‘qib chiqing: Mardonov Sh. Pedagogika 
fanidan o‘qitishning elektron-modulli didaktik ta’minotini ishlab 
chiqish texnologiyasi. –Toshkent, 2021 
* * * 
Mazkur ikkinchi modulda tarbiya didaktikasining asosiy masala-
lari bilan tanishdingiz. Bu modulni o‘zlashtirish bilan 10 kreditga ega 
bo‘lasiz. Buning uchun har bir mavzu oxirida berilgan mustaqil ta’lim 
topshiriqlarini bajarish va mavzularning matnini o‘zlashtirish taqozo 
etiladi. 
60



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling