Onaxon jabborova, zuxra umarova


Fanni o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda ijtimoiy


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/62
Sana30.08.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1671710
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   62
Bog'liq
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi

Fanni o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda ijtimoiy 
so‘rovnomalardan foydalanish. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Boshlang‘ich ta’lim-
da “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini o‘qitishning 
amaliyotini takomillashtirib borish mexanizmlaridan biri ijtimoiy 
so‘rovnomalar o‘tkazish va ularning natijalari asosida fanni o‘qitish 
asoslarini takomillashtirib borish muhim ahamiyatga ega. Bunda 
quyidagilarga asoslanish tavsiya etiladi: 
1) fan mavzularini va ularning o‘quv materiallarini takomil-
lashtiruvchi davriy ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazib borish;
2) fanni o‘qitishda ta’lim oluvchilar va undan manfaatdorlarning 
fikrini bilib borish bo‘yicha choraklik ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazib 
borish; 
3) fanning metodlari, texnologiyalari va uning innovatsion 
asoslarini takomillashtirib borish bo‘yicha ijtimoiy so‘rovnomalar 
o‘tkazib borish; 
4) fanni o‘qitishni takomillashtirib borish bo‘yicha o‘quv va 
ilmiy muassasalarning takliflarini bilib borishga doir yilliy ijtimoiy 
so‘rovnomalar o‘tkazib borish. 
E’tibor berilsa, ijtimoiy so‘rovnoma va ularning natijasida 
olinadigan tahlillar oliy pedagogik ta’lim jarayonida “Boshlang‘ich 
ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini o‘qitishni 
amaliy takomillashtirib borishda o‘ziga xos laboratoriya manbaidir. 
Bunday yondashuv asosida fanni o‘qitishning yangicha asoslari kashf 
etib boriladi va bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy 
ko‘nikmalarini amaliy shakllantirib borish imkoniyatiga ega bo‘linadi. 
Shu sababli ijtimoiy so‘rovnoma mexanizmlaridan oqilona foyda-
lanish bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va amaliy faoliyatdagi 
o‘qituvchilarga tavsiya etiladi. 
Fanni o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda individual 
amaliy tajribalardan foydalanish. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida 
73


bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Boshlang‘ich 
ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini o‘qitish 
amaliyotini takomillashtirishda individual amaliy tajribalardan 
foydalanish ham muhim ahamiyatga ega.
Individual amaliy tajribalar – bu “Tarbiya” fanini o‘qitishni 
amalga oshiruvchi professor va o‘qituvchilarning o‘ziga xos yonda-
shuvlari, metodlari va texnologiyalari majmuidir. Shu sababli bu 
tajriba majmui fanni o‘qitishda o‘ziga xos tayanchlardan biri 
hisoblanadi.
Oliy pedagogik ta’lim jarayonida “Boshlang‘ich ta’limda 
“Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini o‘qitishning 
individual amaliy tajribalaridan foydalanish uchun quyidagilarga amal 
qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi: 
1) oliy, o‘rta maxsus va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 
“Tarbiya” o‘quv fani bo‘yicha faoliyat olib borayotgan professor va 
o‘qituvchilarning faoliyatini monitoring qilib borish; 
2) mazkur 
fanni 
o‘qitishda muvaffaqiyatga erishayotgan 
professor va o‘qituvchilarning yutuqlarini tahlil qilib borish; 
3) mazkur fan bo‘yicha ta’lim oluvchilar, ta’lim beruvchilar, 
o‘quv va ilmiy muassasalarning tashabbuslarini o‘rganib borish; 
4) o‘rganilayotgan individual amaliy tajribalarni fanni o‘qitish 
jarayoniga tadbiq etish mexanizmlarini yaratib borish. 
Bunday yondashuv oliy pedagogik ta’lim jarayonida “Bosh-
lang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini 
o‘qitish amaliyotini takomillashtirishning muhim mexanizmi hisob-
lanadi.
Shunday qilib oliy pedagogik ta’lim jarayonida “Boshlang‘ich 
ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini 
o‘qitishning amaliyotini takomillashtirib borishda ilmiy- tadqiqot 
xulosalari, ijtimoiy so‘rovnoma va ilg‘or individual amaliy tajribalar 
muhim ahamiyatga ega. Bu tajribalar asosida bo‘lajak boshlang‘ich 
sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini zamonaviy talablar 
asosida rivojlantirishga muhim tayanchlar bo‘lib xizmat qiladi.
 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling