13-MAVZU: “TARBIYA” FANI O‘QITISH AMALIYOTINI
TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Reja:
1.
“Tarbiya” fanini o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda
tadqiqotlar xulosalaridan foydalanish
2. Fanni
o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda ijtimoiy
so‘rovnomalardan foydalanish
3. Fanni o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda individual amaliy
tajribalardan foydalanish
Tayanch iboralar:
Tarbiya, fan, o‘qitish,
amaliyot, takomillashtirish,
tadqiqot,
xulosa, foydalanish, so‘rovnoma, bilim, ko‘nikma, malaka.
“Tarbiya” fanini o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda
tadqiqotlar xulosalaridan foydalanish. Oliy pedagogik ta’lim
jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga “Boshlang‘ich
ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini o‘qitishda
butunlay yangi amaliy asoslarga tayanish lozim bo‘ladi.
Chunki bu
fan quyidagi jihatlari bilan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituv-
chilarining kasbiy faoliyatida muhim o‘rin tutadi:
1) fan butunlay yangi bo‘lib, uni o‘qitishda yangicha asoslarga
tayanish lozim;
2) fanning nazariy, metodologik va
amaliy asoslari innovatsion
g‘oyalarga, yondashuvlarga hamda texnologiyalarga tayanadi;
3) fanning
amaliy
samaradorligi
ta’lim
oluvchilarning
tarbiyalanganlik darajasini amaliyoti bilan belgilanadi.
Shu sababli “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish
metodikasi” o‘quv fanini oliy pedagogik ta’lim jarayonida o‘qitish
amaliyotini takomillashtirishda
pedagogik tadqiqotlar xulosalaridan
muntazam foydalanib borish muhim o‘rin tutadi. Bunday tadqiqot-
larning xulosalarida quyidagilar bo‘yicha
muhim yondashuvlar va
tavsiyalar taqdim etilgan hisoblanadi:
- mavzularning takomillashtirib borilishi va o‘quv materiallarini
yangilash asoslari yaratilganligi;
- mazkur o‘quv
fanning metodlari, texnologiyalari va ularning
xususiyatlari bo‘yicha tavsiyalar berilganligi;
72
- bu fanning amaliy samaradorligiga erishish bo‘yicha
metodik
asoslar taqdim etilganligi.
Oliy pedagogik ta’olim jarayonida “Boshlang‘ich ta’limda
“Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini o‘qitishning amaliy
jihatdan takomillashtirib borishda ilmiy tadqiqotlarda taqdim
etiladigan xulosalarni muntazam o‘rganib borish va ularni amaliyotga
joriy qilish taqoza etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: