Onaxon jabborova, zuxra umarova
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi
74 Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq: 1. “Tarbiya” fanini o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda tadqiqotlar xulosalaridan foydalanish qanday bo‘ladi? 2. Fanni o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda ijtimoiy so‘rovnomalardan foydalanishning asoslari nimalardan iborat? 3. Fanni o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda individual amaliy tajribalardan foydalanish tayanchlarini nimalar tashkil etadi? 4. “Tarbiya” fanini o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda tadqiqot xulosalari, ijtimoiy so‘rovnomalar va individual amaliy tajribalardan foydalanish asoslarini o‘zlashtiring. Mazkur uchinchi modulda tarbiya amaliyotining asosiy masalalari bilan tanishdingiz. Bu modulni o‘zlashtirish bilan 6 kreditga ega bo‘lasiz. Buning uchun har bir mavzu oxirida berilgan mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish va o‘zlashtirgan ko‘nikmalaringizni pedagogik hamda malakaviy amaliyotlar davrida amalda qo‘llab ko‘rish tavsiya etiladi. 75 AMALIY MASHG‘ULOTLAR 1-mavzu: “Tarbiya” fani va unga oid me’yoriy hujjatlar bilan ishlash Tarbiya nazariyasining umumiy xususiyatlari ta’lim nazariyasidan farq qiladi. Bunda tarbiyaga oid nazariy yondashuvlar amaliyot bilan bog‘lanishi xarakterli xususiyatdir. Shu sababli ushbu mavzuni o‘zlashtirishda quyidagilarga e’tibor berish lozim: - tarbiya nazariyasining umumiy xususiyatlarini o‘zlashtirish; - “Tarbiya” fani asoslarini o‘rganish va bunday asoslarning eng muhim jihatlariga e’tibor berish; - “Tarbiya” fanini o‘qitish zaruriyatini anglash. O‘zbekiston ta’lim tizimida “Tarbiya” fani yangi o‘quv predmeti bo‘lganligi uchun mazkur fanning me’yoriy hujjatlarini o‘rganish va hujjatlardagi eng muhim o‘rinlarni o‘zlashtirish taqoza etiladi. Misol uchun, mazkur fan bo‘yicha asosiy hujjatlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 iyundagi 422-sonli “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma- bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroridir. Mazkur qarorni o‘rganish jarayonida quyidagilarga e’tibor berish lozim: - 2020 yil iyul oyidan boshlab yangi o‘quv yiliga tayyorlanish jarayonida umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi “Boshlang‘ich ta’lim”, “Milliy g‘oya va huquq”, “Tarix” va “Dinshunoslik” mutaxassisligiga ega fan o‘qituvchilari “Tarbiya” fanidan dars berishga tayyorlanib kelmoqda; - mazkur tayyorgarlik ishlari “Tarbiya” fani bo‘yicha oliy ma’lumotli o‘qituvchilar tayyorlangunga qadar davom etadi; - “Tarbiya” fani bo‘yicha darsliklar, o‘quv materiallari va metodik tavsiyalar majmualarini nashr etish va tarqatish davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi; - Ushbu Qaror bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fani Konsepsiyasi”ni o‘zlashtirish. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari mazkur Qaror va Konsepsiyada belgilangan vazifalarni, talablarni va qoidalarni o‘zlashtirishi zarur. 76 Mazkur mavzu bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni o‘rganing va konspekt qiling. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling