Onaxon jabborova, zuxra umarova


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/62
Sana30.08.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1671710
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   62
Bog'liq
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi

Topshiriq: 
Boshlang‘ich 
sinf 
o‘quvchilari 
tarbiyasida 
pedagogik va psixofiziologik tamoyillarining o‘zaro bog‘liqligini 
jadvalda qayd eting: 
 
№ 
Tarbiya qonuniyatlari 
Tarbiyaning qaysi tamoyillari 
asosida namoyon bo‘ladi 

o‘quvchilarning jismoniy, aqliy va ruhiy 
uyg‘un rivojlanishini amalga oshirish 
 

bolani ko‘niktirish: bolani tarbiya olish, 
bilimni egallash va o‘zgalar bilan 
ijtimoiy munosabatga kirishishga 
yo‘naltirish 
 

bolani yo‘naltirish: bolani fazilatlar, 
hislatlar va bilish jarayoni sari 
yo‘naltirish; 
 
 

o‘quvchilarning tug‘ma layoqatlarini 
rivojlantirish 
 

o‘quvchilarning bilim olish va 
tarbiyalanish masalalari bo‘yicha estetik 
didini shakllantirish 
 

bolaning imkoniyatlarini hisobga olish
bunda bolaning jismoniy, aqliy, ruhiy va 
sensor xususiyatlarini bilish 
 

o‘quvchilarning jinsini hisobga olish 
(o‘g‘il va qiz bolalarga xos bo‘lgan 
fazilatlarni shakllantirish); 
 

bola shaxsini hurmat qilish: bolaga xos 
xarakterni, qiliqlarni va intilishlarni 
tabiiy qabul qilish; 
 
 
6-mavzu: Boshlang‘ich sinflarda “Tarbiya” fanini o‘qitish 
metodikasi 
Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish o‘ziga xos 
metodlarga asoslanishi bilan ajralib turadi. Shu sababli bu o‘rinda 
metodika-atamasining ma’no-mazmuni va xususiyatlariga e’tibor 
88


berish lozim. Metodika deganda tarbiyalashning qulay, oson va 
maqbul usullarga tayanish nazarda tutiladi. 
Ushbu mavzuni o‘zlashtirishda quyidagilarga e’tibor berish 
samarali hisoblanadi: 
- didiaktikaning asosiy tamoyillarini o‘rganish; 
- o‘ziga xos tarbiya metodlarini o‘zlashtirish; 
- ushbu fanni o‘qitishning texnologiyalarini bilish. 
Bunda didaktikaning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat 
bo‘ladi: 
- o‘qitish; 
- o‘rgatish; 
- tarbiyalash; 
- shakllantirish. 
Bu tamoyillar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bilim olish va 
tarbiyalanish ko‘nikmasini shakllantirishga asos bo‘ladi. 
Boshlang‘ich sinflarda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodlari 
o‘ziga xos hisoblanadi. Bu metodlarning asosiylari quyidagilardan 
iborat: 
- namuna ko‘rsatish; 
- ibrat bo‘lish; 
- yo‘naltirish; 
- tashabbuskorlikka o‘rgatish. 
Mazkur metodlar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 
o‘qishga bo‘lgan qiziqishi va ko‘nikmasi rivojlantiriladi.
Boshlang‘ich sinflarda “Tarbiya” fanini o‘qitish texnologiyalari 
ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega hisoblanadi. Bunda texnolo-
giyalarni tanlashda o‘quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olish 
zaruriyatdir. Shu sababli quyidagi texnologiyalar tavsiya etiladi: 
- pedagogik texnologiyalar (noan’anaviy va an’anaviy shakllarda 
uyg‘un o‘qita olish usullariga tayanish); 
- axborot-kommunikatsion texnologiyalari (kompyuterli texnolo-
giya, multimediyali texnologiya, animatsion vositalar). 
Ushbu texnologiyalar asosida boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” 
fanini o‘qitish kutilgan samarani beradi. Shu sababli bo‘lajak 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari oliy pedagogik ta’lim jarayonida 
mazkur fanni o‘qitishning tamoyillari, metodlari va texnologiyalarini 
chuqur o‘zlashtirishi lozim.
89


Mavzuni o‘zlashtirishda boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini 
o‘qitishning tamoyillari, metodlari va eng asosiy texnologiyalarini 
o‘zlashtiring, ularni konspekt qiling. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling