Onaxon jabborova, zuxra umarova


Topshiriq: “Tarbiya” fanining ilmiy-tadqiqot metodlarini 1-


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/62
Sana30.08.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1671710
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   62
Bog'liq
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi

Topshiriq: “Tarbiya” fanining ilmiy-tadqiqot metodlarini 1-
jadvalning tegishli ustunlarida mos ravishda qayd eting. 
1-jadval 
Tushunchalar 
“Tarbiya” fanining 
asosiy kategoriyalari 
(tushunchasi) 
“Tarbiya” fanining 
ilmiy-tadqiqot 
metodlari 
Barkamol shaxs (komil 
inson) 
 
 
Shaxs kamoloti 
 
 
Tahlil qilish 
 
 
Sintez qilish 
 
 
Ma’rifat 
 
 
Ta’lim 
 
 
O‘qitish 
 
 
Taqqoslashi 
 
 
Tarbiyaga oid pedagogik 
merosni o‘rganish; 
 
 
Tarbiyaga oid jahon 
xalqlari pedagogikasi 
tajribalarini o‘zlashtirish; 
 
 
Tarbiyaga oid me’yoriy 
hujjatlarni bilish; 
 
 
Tarbiyachining o‘z 
individual tarbiyaviy 
tajribasining bo‘lishi. 
 
 
 
 
 
78


3-mavzu: Milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasi 
metodologiyasi 
 
Shaxs tarbiyasi va hayotida milliy va umuminsoniy qadriyatlar 
muhim o‘rin tutadi. Shu sababli mazkur mavzuni o‘zlashtirishda 
quyidagilarga e’tibor berish kerak: 
- milliy qadriyatlar deganda xalqimizning qadimdan kelayotgan 
va xalq tajribasidan o‘tgan tarbiyaga oid odatlar, udumlar, odoblar 
hamda yondashuvlar tushuniladi; 
- xalqimizning milliy qadriyatlarida oila tizimi, jamoaparvarlik va 
o‘zgalarga yordam tamoyillari muhim o‘rin tutadi; 
- umuminsoniy qadriyatlar deganda insoniyat hayotiga xos 
bo‘lgan ideal maqsad-muddaolar, tinchlikparvarlik va Yer yuzida 
birodarlikni o‘rnatish tamoyillari tushuniladi; 
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda ularning ongi va 
xarakterida umuminsoniy qadriyatlarning eng muhim tushunchalari 
singdiriladi.
O‘zbekiston boshlang‘ich ta’lim tizimida bugungi kunda milliy 
qadriyatlar quyidagi yangi milliy g‘oyalarga asoslanadi: 
- insonparvarlik; 
- ezgulik; 
- bunyodkorlik. 
Eslatib o‘tish joizki, boshlang‘ich ta’limda milliy va 
umuminsoniy qadriyatlar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. 
Chunki boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ongi, dunyoqarashi, axloqi 
hamda xarakteri shakllanish jarayonida bo‘lganligi uchun ular milliy 
va umuminsoniy qadriyatlar olamiga olib kiriladi. 
Boshlang‘ich ta’limda milliy va umuminsoniy qadriyatlar 
tarbiyasini amalga oshirishda milliy tarbiya konsepsiyasiga asosla-
niladi. Milliy tarbiya konsepsiyasi 7-11 yoshli shaxslarni ma’naviy 
shakllantirish, ularni ijtimoiylashtirish va jismoniy rivojlantirishga 
asoslaniladi. 
Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ta’kidlab o‘tilgan 
ta’riflarini o‘zlashtiring va yozib oling. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling