Onaxon jabborova, zuxra umarova


-topshiriq. Tarbiya va uning mohiyati bo‘yicha blits-so‘rov


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/62
Sana30.08.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1671710
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62
Bog'liq
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi

1-topshiriq. Tarbiya va uning mohiyati bo‘yicha blits-so‘rov: 
1. Tarbiya-ijtimoiy hodisa sifatida nima? 
2. Tarbiya-pedagogik hodisa sifatida nima? 
3. Tor va keng ma’nolardagi tarbiya nima? 
4. O‘z-o‘zini tarbiyalash nima? 
5. Tarbiya nazariyasi nima? 
6. Tarbiya jarayoni nima? 
7. Tarbiyadan ko‘zlangan maqsad nima? 
8. Tarbiyaning umumiy vazifalari nimalardan iborat? 
9. Tarbiyaning pedagogik jarayondagi vazifalari nimalardan 
iborat? 
10. 
Uzluksiz milliy-ma’naviy tarbiya nima? 
2-mavzu: “Tarbiya” fani manbalari tahlili 
“Tarbiya” fani insoniyat tarixida, jumladan, o‘zbek xalqi tarixida 
juda qadimdan tajribaga ega bo‘lib kelmoqda. Shu sababli pedagogik 
tadqiqotlarda avval tarbiya jarayoni, keyin ta’lim kelib chiqganligi 
ta’kidlanadi. Shu jihatdan tarbiyaning manbalarini chuqur o‘rganish 
va bunday manbalarning eng muhim jihatlarini o‘zlashtirish bo‘lajak 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy kompanenti tarkibiga kiradi. 
“Tarbiya” fani manbalarini o‘rganishda quyidagilarga e’tibor 
berish kerak: 
- o‘zbek pedagogikasi tarixida tarbiya jarayoniga oid yonda-
shuvlar; 
- jahon xalqlari pedagogikasida tarbiya masalalarini ifodalanishini 
o‘zlashtirish; 
- “Tarbiya” fanining ilmiy-tadqiqot metodlarini o‘rganish. 
Bunday yondashuv “Tarbiya” fani manbalarini tahlil qilish 
vositasida o‘zlashtirish imkonini beradi. Misol uchun, o‘zbek 
pedagogikasi tarixida tarbiya jarayoniga oid muhim belgilar, o‘gitlar 
va nasihatlar belgilangan. Jahon xalqlari pedagogikasida tarbiyaning 
ijtimoiy masalalariga alohida e’tibor berilgan. Shu sababli bu 
manbalarni o‘rganishda uyg‘unlik tamoyiliga asoslanish lozim.
“Tarbiya” fanining ilmiy-tadqiqot metodlari ko‘p. Bu 
metodlarning asosiylarini quyidagilar tashkil etadi va ularni 
o‘zlashtirish zaruriyat hisoblanadi: 
77


- pedagogik manbalarni o‘rganish metodi; 
- pedagogik tadqiqotlarni o‘zlashtirish metodi; 
- kuzatuv metodi
- sintez va analiz metodi; 
- qiyosiy-tipologik taxlil metodi. 
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari mazkur metodlarni 
o‘zlashtirishi kerak. Chunki hozirgi zamon boshlang‘ich ta’lim 
metodikasi ilmiy tafakkuriga ega boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini 
tayyorlash talabini qo‘ymoqda. 
“Tarbiya” fani manbalari tahlilini o‘rganishda pedagogik ilmiy-
tadqiqotlarning ta’kidlangan metodlarini o‘zlashtiring. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling