Onaxon jabborova, zuxra umarova


Fanni o‘qitishning monitoring mexanizmi


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/62
Sana30.08.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1671710
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   62
Bog'liq
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi

Fanni o‘qitishning monitoring mexanizmi. “Boshlang‘ich 
ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini o‘qitishda 
o‘qitishning monitoring mexanizmi muhim o‘rin tutadi. 
O‘qitishning monitoring mexanizmi amalga oshirilayotgan o‘quv 
va tarbiya jarayonini nazorat qilish, uning samaradorligini aniqlab 
borish 
hamda 
yondashuvlarni 
yangilab 
borishga 
asoslanadi. 
“Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv 
fanini o‘qitishda o‘qitishning quyidagi monitoringi mexanizmlariga 
amal qilish tavsiya etiladi: 
A) mazkur fanning ilmiy-nazariy asoslari talabalar tomonidan 
qanday o‘zlashtirilayotganligini kuzatib borish; 
B) bu fanning metodologik asoslari va kasbiy ko‘nikma 
kompetensiyalari 
talabalar 
tomonidan 
o‘zlashtirilayotganligining 
darajasini o‘rganib borish; 
V) mazkur fanning har bir mavzusining o‘quv materiallarini yangi 
ma’lumotlar, axborotlar va yo‘naltirishlar bilan muntazam to‘ldirib 
borish;
68


G) ushbu fanning o‘qitayotgan professor-o‘qituvchilarning 
tajribalarini ommalashtirib borish; 
D) mazkur fanni o‘qitishda imkon qadar bo‘lajak boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini shakllantirishga xizmat 
qiluvchi amaliy va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari imkoniyatlariga 
ustuvor darajada ahamiyat berish.
Bunday yondashuv oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” 
fanini o‘qitish metodikasi” fanini o‘qitishning monitoring mexanizmi 
ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bunda 
o‘qitishning monitoring mexanizmining asosiy vazifasi talabalarning 
kasbiy kompetensiyasini va ularning tarbiya ishiga bo‘lgan 
tayyorgarligini yangilab borish hamda kengaytirishdan iborat. 
O‘qitishning monitoring mexanizmida quyidagi xususiyatlar ajralib 
turadi: 
- o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini muntazam o‘rganib 
va kuzatib borish; 
- o‘rganishlar natijasida fanni o‘qitish bo‘yicha yangi yo‘nalish-
larni belgilash; 
- belgilangan yangi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv materiallarini 
tayyorlash; 
- fanni o‘qitishda keng jamoatchilikni jalb etish. 
“Tarbiya” fanini o‘qitishda monitoring mexanizmidan foydalanish 
mazkur fanning amaliy jihatlarini kuchaytiradi. Eng asosiysi 
o‘qitishning monitoring mexanizmida keng jamoatchilik ishtirok etadi. 
Shu sababli hozirgi zamon Pedagogika fanida o‘qitishning monitoring 
mexanizmiga alohida e’tibor berilmoqda. 
Mamlakatimizda o‘qitishning monitoring mexanizmiga amal qilish 
yangi hodisa bo‘lib, mazkur mexanizmdan foydalanishning meto-
dologik asoslarini ishlab chiqish taqozo etiladi. Shu jihatdan “Tarbiya” 
fanini o‘qitishning monitoring mexanizmidan foydalanish uchun 
“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fani tajribasidan foydalanish tavsiya 
etiladi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling