Onaxon jabborova, zuxra umarova
-MODUL “TARBIYA” FANINI O‘QITISH
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Tarbiya” fanini o‘qitishning huquqiy asoslari
3-MODUL “TARBIYA” FANINI O‘QITISH
METODIKASI AMALIYOTI 11-MAVZU: “TARBIYA” FANINI O‘QITISHNING AMALIY ASOSLARI Reja: 1. “Tarbiya” fanini o‘qitishning huquqiy asoslari 2. “Tarbiya” fanini o‘qitishning tashkiliy asoslari 3. “Tarbiya” fanini o‘qitishning ijtimoiy asoslari Tayanch tushunchalar: Tarbiya, fan, o‘qitish, amaliyot, asos, huquq, tashkiliylik, ijtimoiylik, bilim, ko‘nikma, malaka. “Tarbiya” fanini o‘qitishning huquqiy asoslari. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitishning huquqiy asoslarini chuqur o‘zlashtirishi lozim. Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitishning huquqiy asoslari quyidagilardan iborat: - O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni; - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil ............ “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori; - O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 26 noyabrdagi Buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitishning davlat ta’lim standartlari, malakalari, o‘quv rejalari va dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori; - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori; - umumiy o‘rta ta’lim maktabalarining 1-11 sinflar uchun “Tarbiya” fani darsliklari; - “Tarbiya” fani o‘qituvchisining kitobi. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bu hujjatlarni o‘zlashtirishi va ularni kasbiy faoliyatida 61 qo‘llay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak. Chunki mazkur huquqiy asoslar “Tarbiya” fanini maqsadli o‘qitishda tayanch hisoblanadi. Ko‘pgina ilg‘or o‘qituvchilarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, muayyan fanni o‘qitishda huquqiy asoslarga tayanilganligi uchun kasbiy muvaffaqiyatga erishgan. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida bu huquqiy asoslar mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari va amaliy mashg‘ulotlarning seminarlari vositasida o‘zlashtirilishi shart. “Tarbiya” fanini o‘qitish vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchi- larining quyidagi tarbiya jarayoni amalga oshiriladi: - o‘quvchilarni huquq tushunchalari bilan tanishtirish; - o‘quvchilarning dastlabki bosqichda huquqiy ongini shakllan- tirish; - o‘quvchilarni huquqiy munosabatlarga o‘rgatish; - o‘quvchilarda o‘zgalar huquqini hurmat qilish ko‘nikmasini shakllantirish. Bu ishlarni amalga oshirishda “Tarbiya” fani mashg‘ulotlarining amaliy qismlarini sinfdan tashqari mashg‘ulotlar vositasida o‘tish tavsiya etiladi. Misol uchun, maxsus muzeylarga tashrif chog‘ida o‘quvchilarning huquqiy tushunchalarini shaklantirish imkoniyatlari yuqoriligi bilan muhim ahamiyatga ega. Bunda o‘quvchilar muzey eksponatlari orqali ularni asrash, saqlash va ehtiyot qilish kabi huquqiy tushunchalarga ega bo‘ladi. Qishloq hududlarida joylashgan maktablarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mahalla fuqarolar yig‘inlarida mashg‘ulot o‘tkazish o‘quvchilarning huquqiy ongini shakllantirishda qo‘l keladi. Chunki mahalla fuqarolar yig‘inlarida me’yoriy-huquqiy hujjatlar va ish yuritish amaliyoti mavjud. “Tarbiya” fanini o‘qitishning huquqiy asoslari amaliyotga yo‘naltirilganligi bilan o‘ziga xos xususiyatga ega. Mazkur fanning imkoniyatlaridan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini maqsadli tarbiyalashda oqilona foydalanish fan o‘qituvchisi va Sinf rahbarining asosiy vazifasidir. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling