Onaxon jabborova, zuxra umarova


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/62
Sana30.08.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1671710
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   62
Bog'liq
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi

 
 
 
 
54


10-MAVZU: “TARBIYA” FANINI O‘QITISHNING 
ELEKTRON-MODULLI SHAKLI 
 
Reja: 
1. O‘qitishning elektron-modulli shakli xususiyatlari 
2. “Tarbiya” fanini o‘qitishda elektron-modulli shakldan foyda-
lanish
3. Elektron-modulli shakldan foydalanish samaradorligi 
Tayanch tushunchalar: 
Tarbiya, modul, o‘qitish, elektron, shakl, xususiyatlar, foydalanish, 
samaradorlik, bilim, ko‘nikma, malaka. 
O‘qitishning elektron-modulli shakli xususiyatlari. O‘zbekis-
tonda pandemiya kabi murakkab sharoitlarda ta’lim tizimining 
noan’anaviy shakllari kashf etildi. Ta’lim va tarbiya berishning bunday 
shakllari pedagogikamiz tariximi ilk bor qo‘llanildi. Shu jihatdan 
o‘qitishning elektron-modulli shakli noan’anaviy ta’lim shakli 
hisoblanadi.
O‘qitishning elektron-modulli shakli quyidagi asosiy xusu-
siyatlarga ega: 
- texnik vositalarga tayanishi; 
- kompyuter texnikasi imkoniyatlaridan foydalanishi; 
- virtual ta’lim berilishi; 
- ta’limning asosiy qismini mustaqil ta’lim tashkil etishi; 
- o‘qituvchi va ta’lim oluvchining teng faolligi. 
E’tibor berilsa, o‘qitishning elektron-modulli shaklida ta’lim 
oluvchi asosiy vosita hisoblanadi. Shu sababli mamlakatimizning 
barcha ta’lim muassasalari axborot-kommunikatsion vositalar bilan 
ta’minlanmoqda. Ayniqsa, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining eng 
chekka hududlardani tuzulmalari ham bunday vositalar bilan 
ta’minlanayotganligi o‘qitishning elektron-modulli shaklini amaliyotga 
jorriy etish imkonini beradi.
O‘qitishning bu shakli asosan kompьyuterga tayanganligi uchun 
ta’lim oluvchilarda hoxish va qiziqish uyg‘otadi. Aynan mana shu 
xususiyatdan foydalangan holda ta’lim va tarbiyani amalga oshirish 
samarali kechadi. Shuningdek, o‘qituvchining ta’limiy faolligi oshadi. 
Chunki o‘qitishning bu shaklida barcha o‘quv materiallari o‘qituvchi 
55


tomonidan 
kompьyuter 
dasturiga 
joylashtiriladi 
va 
zaruriyat 
tug‘ilganida o‘quv materiallarini boyitib boriladi. Shu sababli 
o‘qitishning elektron-modulli shakli zamonaviy talablarga javob 
berishi bilan ajralib turadi.
O‘qitishning elektron-modulli shakli hozirgi zamon Pedagogika 
fanida muhim o‘rin tutadi. Bunga quyidagilar sabab hisoblanadi: 
- bu o‘qitish shakli texnik vositalarga asoslanishi va texnik 
vositalarning imkoniyatlaridan keng foydalanishi bilan ajralib turadi; 
- o‘qitishning bu shaklida ta’lim oluvchi nisbatan mustaqil xarakat 
qiladi va uning axborot olishi kengayadi; 
- texnik vositalar asosida masofadan turib ta’lim berish imkoniyati 
ham mavjud; 
- bularning barchasi o‘qitishning elektron-modulli shakliga bo‘lgan 
qiziqishning ortib borishiga sabab bo‘lmoqda. 
Ayni paytda, o‘qitishning elektron-modulli shaklida asosiy e’tibor 
ta’lim berishga qaratiladi. Buning natijasida ta’lim oluvchining 
tarbiyalanganlik darajasini kuzatish cheklanadi. Shu sababli ta’lim 
beruvchi o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchini tarbiyalab borishi taqozo 
etiladi. Bu borada ilmiy-nazariy va amaliy ishlanmalar yaratilmoqda
10
.
O‘qitishning elektron-modulli shakli bo‘yicha xorijiy mamlakat-
larda o‘ziga xos tajribalar mavjud. Misol uchun, Rossiya Fede-
ratsiyasida oliy pedagogik ta’lim jarayonida nisbatan ko‘proq elektron-
modulli shaklidan foydalaniladi. Shu sababli bu mamlakatda mazkur 
ta’lim shaklining o‘ziga xos shakllari va tushunchalari ishlab chiqilgan. 
Bu 
o‘rinda ana shunday tushunchalardan eng muhimlarini 
e’tiboringizga havola etamiz: 
Elektron darslik – fanga oid materiallarni dinamik ravishda talqin 
qiluvchi va maxsus dasturlardan foydalanib tuzilgan o‘quv adabiyoti; 
Elektron uslubiy qo‘llanma – bu pedagogik tajribani umum-
lashtirish va uzatish hamda ta’lim faoliyatining yangi modellarini 
shakllantirish va tarqatishga mo‘ljallangan o‘quv adabiyoti; 
Elektron shakldagi materiallar – bu elektron darslik, elektron 
o‘quv qo‘llanmalar, elektron ma’ruza matnlari va laboratoriya 
ishlanmalari majmuidir.
10
Қаранг: Мардонов Ш. Педагогика фанидан ўқитишнинг электрон-
модулли дидактик таъминотини ишлаб чиқиш технологияси. –Тошкент, 
2021 
56


Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari mazkur tushunchalarni 
o‘zlashtirishi va kelgusi faoliyatida o‘qitishning elektron-modulli 
shaklidan foydalanish ko‘nikmasini egallashi kerak. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling