Onaxon jabborova, zuxra umarova
“Tarbiya” fanini o‘qitishning tashkiliy asoslari
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi
“Tarbiya” fanini o‘qitishning tashkiliy asoslari. Boshlang‘ich
ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitishning tashkiliy asoslarini mashg‘ulotlarni an’anaviy va noan’aviy shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda ayniqsa o‘qitishning masofaviy, elektron- modulli shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ayni 62 paytda, mazkur fanni o‘qitishda ta’limning Dars shaklidan oqilona foydalanish kutilgan samarani beradi. Ta’limning Dars shakli quyidagi asoslarda tashkil etiladi: - har bir dars “Tarbiya” fanining mavzulari bo‘yicha majburiy, rivojlantiruvchi va tarbiyaga yo‘naltirilganlik shaklida tashkil etiladi; - darsning quyidagi didaktik tuzilmasiga qat’iy amal qilish lozim: a) har bir darsning maqsad va vazifasini aniq belgilab olish; b) eng zaruriy topshiriqlarni ishlab chiqish va unda mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning bilim hamda ko‘nikmani o‘zlashtirishini belgilash; v) mavzu materiallarini yangi ma’lumotlar va axborotlar bilan yoritish; g) mashg‘ulot davomida amalga oshiriladigan suhbat yoki trening shakllarini belgilash; d) dars so‘ngida mashg‘ulotga yakun yasash; e) o‘quvchilarga uy vazifasini berish; - darsning mazmunini davlat ta’lim standartlari va malaka talablariga qat’iy rioya qilgan holda tashkil etish; - har bir darsning o‘ziga xos tuzilmaga ega bo‘lishiga erishish; - har bir darsda zamonaviy texnik vosilardan unumli foydalanish. E’tibor berilsa, boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitishning tashkiliy asoslarida zamonaviy va texnologiyalarga asoslangan ta’limning Dars shaklidan oqilona foydalanish samarali hisoblanadi. Bunda har bir darsning qiziqarli, esda qolarli va samarali bo‘lishiga erishish tavsiya etiladi. Hozirgi zamon Pedagogikasida bir necha dars shakllari e’tirof etilgan. “Tarbiya” fanini o‘qitishda bunday dars shakllaridan quyidagilari muhim o‘rin tutadi: a) didaktik dars – bunday darsda asosiy e’tibor mavzularning o‘quvchilar tomonidan to‘liq o‘zlashtirilishi va o‘quvchilar odob- axloqqa yo‘naltirilishiga qaratiladi; b) rivojlantiruvchi dars – darsning bu shaklida o‘quvchilarning bilim va tushunchalarini rivojlantirib borish nazarda tutiladi; v) muammoli dars – bu dars shaklida har bir mavzu bo‘yicha muammolar ishlab chiqiladi va ularning yechimini topish uchun o‘quvchilarga taqdim etiladi; g) dasturli dars – bunday dars shaklida kolmpyuter dasturlari asosida mavzularni o‘tish nazarda tutiladi. 63 E’tibor berilsa, mazkur dars shakllarining barchasi “Tarbiya” fanini o‘qitish jarayoniga tatbiq etilishi mumkin. Buning uchun bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari oliy pedagogik ta’lim jarayonida pedagogik turkumdagi fanlar vositasida darslar tipologiyasini chuqur o‘zlashtirishi taqozo etiladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling