Onaxon jabborova, zuxra umarova


-MODUL “TARBIYA” FANINI O‘QITISH


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/62
Sana30.08.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1671710
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   62
Bog'liq
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi

3-MODUL “TARBIYA” FANINI O‘QITISH
METODIKASI AMALIYOTI 
 
11-MAVZU: “TARBIYA” FANINI O‘QITISHNING AMALIY 
ASOSLARI 
 
Reja: 
1. “Tarbiya” fanini o‘qitishning huquqiy asoslari
2. “Tarbiya” fanini o‘qitishning tashkiliy asoslari
3. “Tarbiya” fanini o‘qitishning ijtimoiy asoslari 
Tayanch tushunchalar: 
Tarbiya, fan, o‘qitish, amaliyot, asos, huquq, tashkiliylik, 
ijtimoiylik, bilim, ko‘nikma, malaka. 
“Tarbiya” fanini o‘qitishning huquqiy asoslari. Oliy pedagogik 
ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich 
ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitishning huquqiy asoslarini chuqur 
o‘zlashtirishi lozim.
Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitishning huquqiy 
asoslari quyidagilardan iborat: 
- O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni; 
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 
............ “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini 
bosqichma-bosqich tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori; 
- O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 26 
noyabrdagi Buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitishning davlat ta’lim standartlari
malakalari, o‘quv rejalari va dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 
Qarori; 
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 
dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasini tasdiqlash va 
uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori; 
- umumiy o‘rta ta’lim maktabalarining 1-11 sinflar uchun 
“Tarbiya” fani darsliklari; 
- “Tarbiya” fani o‘qituvchisining kitobi. 
Oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchilari bu hujjatlarni o‘zlashtirishi va ularni kasbiy faoliyatida 
61


qo‘llay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak. Chunki mazkur huquqiy 
asoslar “Tarbiya” fanini maqsadli o‘qitishda tayanch hisoblanadi. 
Ko‘pgina ilg‘or o‘qituvchilarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, muayyan 
fanni o‘qitishda huquqiy asoslarga tayanilganligi uchun kasbiy 
muvaffaqiyatga erishgan. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida 
bu huquqiy asoslar mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari va amaliy 
mashg‘ulotlarning seminarlari vositasida o‘zlashtirilishi shart.
“Tarbiya” fanini o‘qitish vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchi-
larining quyidagi tarbiya jarayoni amalga oshiriladi: 
- o‘quvchilarni huquq tushunchalari bilan tanishtirish; 
- o‘quvchilarning dastlabki bosqichda huquqiy ongini shakllan-
tirish; 
- o‘quvchilarni huquqiy munosabatlarga o‘rgatish; 
- o‘quvchilarda o‘zgalar huquqini hurmat qilish ko‘nikmasini 
shakllantirish. 
Bu ishlarni amalga oshirishda “Tarbiya” fani mashg‘ulotlarining 
amaliy qismlarini sinfdan tashqari mashg‘ulotlar vositasida o‘tish 
tavsiya etiladi. Misol uchun, maxsus muzeylarga tashrif chog‘ida 
o‘quvchilarning huquqiy tushunchalarini shaklantirish imkoniyatlari 
yuqoriligi bilan muhim ahamiyatga ega. Bunda o‘quvchilar muzey 
eksponatlari orqali ularni asrash, saqlash va ehtiyot qilish kabi huquqiy 
tushunchalarga ega bo‘ladi.
Qishloq hududlarida joylashgan maktablarning boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilari uchun mahalla fuqarolar yig‘inlarida mashg‘ulot o‘tkazish 
o‘quvchilarning huquqiy ongini shakllantirishda qo‘l keladi. Chunki 
mahalla fuqarolar yig‘inlarida me’yoriy-huquqiy hujjatlar va ish 
yuritish amaliyoti mavjud.
“Tarbiya” fanini o‘qitishning huquqiy asoslari amaliyotga 
yo‘naltirilganligi bilan o‘ziga xos xususiyatga ega. Mazkur fanning 
imkoniyatlaridan 
boshlang‘ich 
sinf 
o‘quvchilarini 
maqsadli 
tarbiyalashda oqilona foydalanish fan o‘qituvchisi va Sinf rahbarining 
asosiy vazifasidir.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling