Onaxon jabborova, zuxra umarova


Inklyuziv ta’lim asosida “Tarbiya” fanini o‘qitishning


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/62
Sana30.08.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1671710
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62
Bog'liq
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi

Inklyuziv ta’lim asosida “Tarbiya” fanini o‘qitishning 
ahamiyati. Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini inklyuziv ta’lim 
asosida o‘qitish muhim ahamiyatga ega. Bunda o‘qitish va tarbiya 
jarayonida quyidagilarga erishish kuzatiladi: 
- o‘quvchilarning faol bo‘lishi;
- o‘quvchilarda ijodiy fikrning tarkib topishi; 
- o‘quvchilar layoqatining namoyon bo‘lishi; 
- dars mavzularining qiziqarli o‘qitilishi; 
53


- o‘qituvchi va o‘quvchining dars jarayonida teng va faol ishtirok 
etishi. 
Bu imkoniyatlar boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini 
yangicha asoslarda o‘qitish va uning samaradorligiga erishishda qo‘l 
keladi. Shu sababli inklyuziv ta’limning imkoniyatlaridan oqilona 
foydalanish ko‘nikmalarini egallash lozim.
Inklyuziv 
ta’limda tushuntirish, o‘rgatish va kuzatish 
metodlariga asoslanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu sababli oliy 
pedagogik ta’lim jarayonida inklyuziv ta’lim asoslarini chuqur 
o‘rganish tavsiya etiladi.
O‘quv-tarbiya muassasalarida “Tarbiya” o‘quv fanini o‘qitishda 
inklyuziv ta’lim shaklining metodlari, texnologiyalari va yo‘nalish-
lariga tayanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu sababli bu borada 
o‘quv adabiyotlarini yaratish dolzarb bo‘lib turibdi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil fikrlash, ijodkorlik 
va ko‘nikmalilik kompetensiyalarini “Tarbiya” fani vositasida 
shakllantirish samarali hisoblanadi. Bunda ko‘proq inklyuziv ta’lim 
vositalariga tayanish amaliy natija beradi.
“Tarbiya” fani umumiy o‘rta ta’lim o‘quv fanlarining ichida 
muhim o‘rin tutadi. Shu sababli bu fanni o‘qitishda ta’limning turli 
shakllariga asoslanish taqozo etiladi. Inklyuziv ta’lim mazkur fanni 
butun jamiyatning yosh avlodini qamrab olish imkonini beradi. 
Bizning yondashuvimizga ko‘ra, mamlakatimizning inklyuziv ta’lim 
bo‘yicha o‘qituvchilarining tajribalarini ommlashtirish taqozo etiladi. 
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq: 
1. Inklyuziv ta’lim xususiyatlari nimalardan iborat? 
2. “Tarbiya” fanini o‘qitishda inklyuziv ta’lim asoslari deganda 
nimalarni tushunasiz? 
3. Inklyuziv ta’lim asosida “Tarbiya” fanini o‘qitishning 
ahamiyati nimalar bilan belgilanadi? 
4. Quyidagi kitobdan inklyuziv ta’lim asoslarini o‘rganing: 
Xasanboyev J. va boshqalar. Pedagogika fanidan izohli lug‘at. – 
Toshkent, 2009

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling