Onaxon jabborova, zuxra umarova
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘qitishning elektron-modulli shakli xususiyatlari.
54 10-MAVZU: “TARBIYA” FANINI O‘QITISHNING ELEKTRON-MODULLI SHAKLI Reja: 1. O‘qitishning elektron-modulli shakli xususiyatlari 2. “Tarbiya” fanini o‘qitishda elektron-modulli shakldan foyda- lanish 3. Elektron-modulli shakldan foydalanish samaradorligi Tayanch tushunchalar: Tarbiya, modul, o‘qitish, elektron, shakl, xususiyatlar, foydalanish, samaradorlik, bilim, ko‘nikma, malaka. O‘qitishning elektron-modulli shakli xususiyatlari. O‘zbekis- tonda pandemiya kabi murakkab sharoitlarda ta’lim tizimining noan’anaviy shakllari kashf etildi. Ta’lim va tarbiya berishning bunday shakllari pedagogikamiz tariximi ilk bor qo‘llanildi. Shu jihatdan o‘qitishning elektron-modulli shakli noan’anaviy ta’lim shakli hisoblanadi. O‘qitishning elektron-modulli shakli quyidagi asosiy xusu- siyatlarga ega: - texnik vositalarga tayanishi; - kompyuter texnikasi imkoniyatlaridan foydalanishi; - virtual ta’lim berilishi; - ta’limning asosiy qismini mustaqil ta’lim tashkil etishi; - o‘qituvchi va ta’lim oluvchining teng faolligi. E’tibor berilsa, o‘qitishning elektron-modulli shaklida ta’lim oluvchi asosiy vosita hisoblanadi. Shu sababli mamlakatimizning barcha ta’lim muassasalari axborot-kommunikatsion vositalar bilan ta’minlanmoqda. Ayniqsa, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining eng chekka hududlardani tuzulmalari ham bunday vositalar bilan ta’minlanayotganligi o‘qitishning elektron-modulli shaklini amaliyotga jorriy etish imkonini beradi. O‘qitishning bu shakli asosan kompьyuterga tayanganligi uchun ta’lim oluvchilarda hoxish va qiziqish uyg‘otadi. Aynan mana shu xususiyatdan foydalangan holda ta’lim va tarbiyani amalga oshirish samarali kechadi. Shuningdek, o‘qituvchining ta’limiy faolligi oshadi. Chunki o‘qitishning bu shaklida barcha o‘quv materiallari o‘qituvchi 55 tomonidan kompьyuter dasturiga joylashtiriladi va zaruriyat tug‘ilganida o‘quv materiallarini boyitib boriladi. Shu sababli o‘qitishning elektron-modulli shakli zamonaviy talablarga javob berishi bilan ajralib turadi. O‘qitishning elektron-modulli shakli hozirgi zamon Pedagogika fanida muhim o‘rin tutadi. Bunga quyidagilar sabab hisoblanadi: - bu o‘qitish shakli texnik vositalarga asoslanishi va texnik vositalarning imkoniyatlaridan keng foydalanishi bilan ajralib turadi; - o‘qitishning bu shaklida ta’lim oluvchi nisbatan mustaqil xarakat qiladi va uning axborot olishi kengayadi; - texnik vositalar asosida masofadan turib ta’lim berish imkoniyati ham mavjud; - bularning barchasi o‘qitishning elektron-modulli shakliga bo‘lgan qiziqishning ortib borishiga sabab bo‘lmoqda. Ayni paytda, o‘qitishning elektron-modulli shaklida asosiy e’tibor ta’lim berishga qaratiladi. Buning natijasida ta’lim oluvchining tarbiyalanganlik darajasini kuzatish cheklanadi. Shu sababli ta’lim beruvchi o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchini tarbiyalab borishi taqozo etiladi. Bu borada ilmiy-nazariy va amaliy ishlanmalar yaratilmoqda 10 . O‘qitishning elektron-modulli shakli bo‘yicha xorijiy mamlakat- larda o‘ziga xos tajribalar mavjud. Misol uchun, Rossiya Fede- ratsiyasida oliy pedagogik ta’lim jarayonida nisbatan ko‘proq elektron- modulli shaklidan foydalaniladi. Shu sababli bu mamlakatda mazkur ta’lim shaklining o‘ziga xos shakllari va tushunchalari ishlab chiqilgan. Bu o‘rinda ana shunday tushunchalardan eng muhimlarini e’tiboringizga havola etamiz: Elektron darslik – fanga oid materiallarni dinamik ravishda talqin qiluvchi va maxsus dasturlardan foydalanib tuzilgan o‘quv adabiyoti; Elektron uslubiy qo‘llanma – bu pedagogik tajribani umum- lashtirish va uzatish hamda ta’lim faoliyatining yangi modellarini shakllantirish va tarqatishga mo‘ljallangan o‘quv adabiyoti; Elektron shakldagi materiallar – bu elektron darslik, elektron o‘quv qo‘llanmalar, elektron ma’ruza matnlari va laboratoriya ishlanmalari majmuidir. 10 Қаранг: Мардонов Ш. Педагогика фанидан ўқитишнинг электрон- модулли дидактик таъминотини ишлаб чиқиш технологияси. –Тошкент, 2021 56 Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari mazkur tushunchalarni o‘zlashtirishi va kelgusi faoliyatida o‘qitishning elektron-modulli shaklidan foydalanish ko‘nikmasini egallashi kerak. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling