Onaxon jabborova, zuxra umarova


Fanni o‘qitishning tayanch mexanizmlari


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/62
Sana30.08.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1671710
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   62
Bog'liq
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi

Fanni o‘qitishning tayanch mexanizmlari. Oliy pedagogik ta’lim 
jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga o‘qitiladigan 
“Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” fanini 
o‘qitishda tayanch mexanizmlarga tayanish muhim o‘rin tutadi. 
69


O‘qitishning amaliy mexanizmlari auditoriyadan tashqari mash-
g‘ulotlarga asoslanadi. Shu ma’noda oliy pedagogik ta’lim jarayonida 
“Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘qi-
tishda ta’limning quyidagi tayanch mexanizmlariga tayanish kutilgan 
samarani beradi: 
A) ushbu fanni o‘qitishda auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar 
hisoblangan ekskursiyalar, uchrashuvlar, to‘garaklar, klublar va 
tanlovlar imkoniyatlariga tayanish; 
B) mazkur fanni o‘qitishda chuqurlashtiruvchi mashg‘ulotlar 
hisoblanuvchi maxsus kurslar, to‘garaklar va hamkorlik darslarining 
imkoniyatlaridan oqilona foydalanish; 
V) bu fanni o‘qitishda, misol uchun, Toshkent viloyati Chirchiq 
davlat pedagogika institutida tashkil etilgan “Pedagogik ta’lim 
innovatsion klasteri” kabi amaliy tuzilmalarning hamkorligiga 
tayanish; 
G) ushbu fanni o‘qitishda ta’lim oluvchilarning ijodkorligi, ijodiy 
ishlanmalari va loyihalari taqdimotlariga tayanish. 
O‘qitishning bunday tayanch mexanizmlari vositasida “Boshlan-
g‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fani 
kutilgan darajada amalga oshiriladi. Mazkur amaliy mexanizmlar 
vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida quyidagi amaliy 
ko‘nikmalarning shakllantirilishiga erishiladi: 
- nazariy bilimdonlik; 
- tarbiyaviy ko‘nikmalik; 
- kasbiy faollik; 
- pedagogik ijodkorlik. 
“Tarbiya” fanini o‘qitishda nazariy bilimdonlik mazkur fanning 
metodologik, didaktik va amaliy asoslarini chuqur o‘zlashtirishga, 
tarbiyaviy ko‘nikmalik ushbu fan bo‘yicha o‘quvchilar tarbiyasini 
izchil amalga oshirishga, kasbiy faollik o‘qituvchining samarali 
faoliyatiga hamda pedagogik ijodkorlik esa fanni o‘qitishda turli 
metodlar va texnologiyalarga asoslanishni nazarda tutadi. Shu sababli 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari “Tarbiya” fanini o‘qitishning 
tayanch mexanizmlarini o‘zlashtirishda mazkur ko‘nikmalarni va 
kompetensiyalarni o‘rganish taqoza etiladi. Bu borada ayniqsa, keyingi 
paytlarda pedagogik ijodkorlik masalasi ilk rejaga chiqmoqda. 
Haqiqatan ham, “Tarbiya” fani kabi yangi o‘quv predmetlarini 
o‘qitishda pedagogik ijodkorlik tayanch mexanizmlardan biridir.
70


Pedagogik ijodkorlik ushbu fanni noan’anaviy dars shakllarida, 
axborot-kommunikatsion 
texnologiyalar 
asosida 
o‘qitishga va 
muntazam ravishda individual o‘qitish uslubini takomillashtirib borish-
ga asoslanadi. Shu sababli bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari oliy 
pedagogik ta’lim jarayonida pedagogik ijodkorlik bo‘yicha ko‘nikmaga 
ega bo‘lishi va uning asoslari bilan qurollanishi taqoza etiladi. 
Bularning barchasi “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish 
metodikasi” o‘quv predmeti asosida amalga oshiriladi. 
Bunday amaliy mexanizmlardan foydalanish “Tarbiya” fanini 
butunlay yangi asoslarda o‘qitish tizimining tarkib topishiga olib 
keladi.
E’tibor berilsa, oliy pedagogik ta’lim jarayonida “Boshlang‘ich 
ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘qitishning klaster, 
monitoring va tayanch mexanizmlari bo‘lajak boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini amaliy jihatdan tarkib 
toptirish asosiy vositalardan hisoblanadi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling