Onaxon jabborova, zuxra umarova


Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/62
Sana30.08.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1671710
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   62
Bog'liq
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi

Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq: 
1. “Tarbiya” fanini o‘qitishning klaster mexanizmi deganda 
nimalarni tushunasiz? 
2. Fanni o‘qitishning monitoring mexanizmlarini nimalar tashkil 
etadi? 
3. Fanni o‘qitishning amaliy mexanizmlarining mazmuni 
nimalardan iborat? 
4. Quyidagi kitobni o‘qib chiqing: Muxamedov G‘., Xudjamkulov 
U. Pedagogik ta’limning innovatsion klasteri. –Chirchiq, 2020. 
71


13-MAVZU: “TARBIYA” FANI O‘QITISH AMALIYOTINI
TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI 
 
Reja:
1. “Tarbiya” fanini o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda 
tadqiqotlar xulosalaridan foydalanish
2. Fanni 
o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda ijtimoiy 
so‘rovnomalardan foydalanish 
3. Fanni o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda individual amaliy 
tajribalardan foydalanish 
Tayanch iboralar: 
Tarbiya, fan, o‘qitish, amaliyot, takomillashtirish, tadqiqot
xulosa, foydalanish, so‘rovnoma, bilim, ko‘nikma, malaka. 
“Tarbiya” fanini o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda 
tadqiqotlar xulosalaridan foydalanish. Oliy pedagogik ta’lim 
jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga “Boshlang‘ich 
ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini o‘qitishda 
butunlay yangi amaliy asoslarga tayanish lozim bo‘ladi. Chunki bu 
fan quyidagi jihatlari bilan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituv-
chilarining kasbiy faoliyatida muhim o‘rin tutadi: 
1) fan butunlay yangi bo‘lib, uni o‘qitishda yangicha asoslarga 
tayanish lozim; 
2) fanning nazariy, metodologik va amaliy asoslari innovatsion 
g‘oyalarga, yondashuvlarga hamda texnologiyalarga tayanadi; 
3) fanning 
amaliy 
samaradorligi 
ta’lim 
oluvchilarning 
tarbiyalanganlik darajasini amaliyoti bilan belgilanadi. 
Shu sababli “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish 
metodikasi” o‘quv fanini oliy pedagogik ta’lim jarayonida o‘qitish 
amaliyotini takomillashtirishda pedagogik tadqiqotlar xulosalaridan 
muntazam foydalanib borish muhim o‘rin tutadi. Bunday tadqiqot-
larning xulosalarida quyidagilar bo‘yicha muhim yondashuvlar va 
tavsiyalar taqdim etilgan hisoblanadi: 
- mavzularning takomillashtirib borilishi va o‘quv materiallarini 
yangilash asoslari yaratilganligi; 
- mazkur o‘quv fanning metodlari, texnologiyalari va ularning 
xususiyatlari bo‘yicha tavsiyalar berilganligi; 
72


- bu fanning amaliy samaradorligiga erishish bo‘yicha metodik 
asoslar taqdim etilganligi. 
Oliy pedagogik ta’olim jarayonida “Boshlang‘ich ta’limda 
“Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini o‘qitishning amaliy 
jihatdan takomillashtirib borishda ilmiy tadqiqotlarda taqdim 
etiladigan xulosalarni muntazam o‘rganib borish va ularni amaliyotga 
joriy qilish taqoza etiladi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling