Onaxon jabborova, zuxra umarova
“Tarbiya” fanini o‘qitishning ijtimoiy asoslari
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi
“Tarbiya” fanini o‘qitishning ijtimoiy asoslari. Boshlang‘ich
ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitishning ijtimoiy asoslarini bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari chuqur o‘zlashtirishi shart. Mazkur ijtimoiy asoslarning eng muhimlari quyidagilar tashkil etadi: - boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tarbiya ishini amalga oshirishda ularning jismoniy, aqliy, sensor va ruhiy imkoniyatlarini qat’iy hisobga olish; - tarbiya darslari va tarbiyaviy tadbirlarni qiziqarli, qulay va oson shakllarda tashkil etish; - boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tarbiyasi jarayonida ularning huquqlari va qiziqishlarini ustuvor bilish; - o‘quvchilarni ijodiy va mustaqil fikrlashga ko‘niktirish; - o‘quvchilarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va tashab- buskor o‘quvchilarni rag‘batlantirib borish; - tarbiya ishida jazolash metodidan foydalanmaslik. Bunday yondashuv ta’lim tizimimizdagi yangi “Tarbiya” fanini o‘qitishning ijtimoiy asoslarini tashkil etadi. Chunki bu fan vositasida shaxsning va jamiyatning tarbiyaga bo‘lgan ehtiyoji amalga oshiriladi. Milliy va jahon halqlarining tarbiyaga oid tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining manfaatlari ustuvor qo‘yilsa kutilgan samarani beradi. “Tarbiya” fanini o‘qitishning ijtimoiy asoslari mazkur fan bo‘yicha oliy ma’lumotli va professional o‘qituvchilar tayyorlashgi taqozo etadi. Shu sababli mazkur “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” fani ishlab chiqildi. Mazkur fan vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining quyidagi kasbiy kompetentsiyalarini shakllantirish nazarda tutiladi: - “Tarbiya” fanining nazariy, metodologik, didaktik va texnologik asoslari bilan talabalarni qurollantirish; - tarbiya nazariyasining eng muhim jihatlari va metodlari bilan talabalarni tanishtirish; 64 - boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashnirng pedagogik, psixologik va ijtimoiy asoslari bo‘yicha talabalarga bilim berish; - “Tarbiya” fani vositasida boshlang‘ich ta’limda amalga oshiriladigan tarbiya jarayonini muvofiqlashtirish ko‘nikmasi bilan talabalarni qurollantirish. Bularning barchasi oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak bosh- lang‘ich sinf o‘qituvchilarini “Tarbiya” fanini o‘qitishga tayyorlashda asos hisoblanadi. Ayni paytda, mazkur fandan tashqari oliy pedagogik ta’lim jarayonida “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fani ham o‘qitilmoqda. Ushbu fan vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tarbiyaviy tadbirlar bo‘yicha kompetentsiyasi shakllantiriladi. Shu ma’noda ushbu fan “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” fani bilan integratsiyalashuvi taqozo etiladi. Bugungi kunga qadar ta’lim tizimimizdagi asosiy kamchilik aniq, gumanitar va tabiiy fanlarni o‘qitishda ijtimoiy asoslarni hisobga olmaslik bilan belgilanadi. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayo- nida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fani o‘qitishning ijtimoiy asoslarini chuqur o‘zlashtirishi shart. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling