Ontogenez psihologiyasi fanining predmeti, muommolari va tatqiqot metodlari


§1.2. Ontogenez psixologiyasi fanining printsiplari va ilmiy tadqiqot metodlari


Download 92.27 Kb.
bet3/25
Sana07.03.2023
Hajmi92.27 Kb.
#1246622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
BITITUV ISHI

§1.2. Ontogenez psixologiyasi fanining printsiplari va ilmiy tadqiqot metodlari
Mazkur fan sohasi o'zining predmeti hamda vazifasini umumiy psixologiyaning asosiy printsiplari va qoidalariga tayangan holda belgilaydi. Ontogenez psixologiyasi quyidagi printsiplarga rioya qiladi:
1. Ilmiy dialektika ta'limotiga binoan psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyati va yoki miyaning mahsulidir. Odatda psixika tashqi dunyoning sezgi organlari orqali insonning miyasiga bevosita ta'sir etishi asosida vujudga kelib, sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, nutq, xayol kabi bilish jarayonlarida, shuningdek, shaxsning xususiyatlari va holatlarida, diqqati, his-tuyg'usi va xarakter xislatlarida, qiziqishi va ehtiyojlarida o'z ifodasini topadi.
2. Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyat yotadi. Tashqi dunyodan kirib keladigan qo'zg'atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar javob reaktsiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim sharlarida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog'lanishlari psixik hodisalarning fiziologik asoslari hisoblanadi va ular tashqi ta'sirning natijasida hosil bo'ladi.
3. Psixikani tadqiq etish insonning butun (ontogenezidagi) ongli faoliyatini — uning ham nazariy, ham amaliy hayot faoliyatini o'rganishdir. Odam zotining ongliligi uning turli-tuman faoliyatida (o'yin, mehnat, o'qishda), xatti-harakatlarida namoyon bo'ladi. Inson shaxsi har xil shakl va mazmunga ega bo'lgan nazariy hamda amaliy faoliyatlarda tarkib topa boradi. Bunda muhit, irsiy belgilar, shaxslararo munosabatlar, tarbiya asosiy omillar hisoblanadi.
4. Insonning bilish faoliyati (jarayonlari) rivojlanishi unga o'zini qurshab turgan borliqni yanada chuqurroq, to'g'riroq, to'laroq va aniqroq aks ettirish imkoniyatini yaratadi va u borliqning asl mohiyatini, turli yo'sindagi o'zaro bog'lanishlari, murakkab munosabatlar va aloqalarni tobora aniqroq yoritadi. Shu bilan birga mazkur jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqqa, voqelikka, jismlarga, kishilarga va o'ziga munosabati vujudga keladi.
5. Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks ettirishda namoyon bo'ladi. Ijtimoiytarixiy taraqqiyot ta'limoticha, insonning moddiy turmushi, u hayot kechirayotgan tuzumning moddiy asosigina emas, balki uni qurshab olgan odamlarning turmush tarzlari, umuminsoniy qiyofalari, e'tiqodlari, dunyoqarashlari, ijtimoiy voqelikka munosabatlari, intilishlari, faoliyatlari, ijod mahsullari va xattiharakatlarining majmuasidir.
6. Insonning borliqni (voqelikni) aks ettirishi — faol jarayondir. Ma'lumki, inson zotining rivojlanishi ob'ektiv borliqqa (voqelikka) va o'ziga faol ta'sir ko'rsatishida sodir bo'ladi. Bolaning katta yoshdagi kishilar tashkil qiladigan amaliy faoliyati, masalan, o'yini, kuzatishi, mehnati, o'qishi, adabiy asarni mutolaa qilishi hamda qiziqishining barqarorlashuvi, iqtidorining takomillashishiga boshqalar uning psixik rivojlanishini ifodalaydi.
B.G.Ananev psixikani o'rganish metodlarini to'rt guruhga ajratib, ularni tashkiliy, empirik (amaliy), natijalarni qayta ishlash yoki statistik natijalarni sharhlash metodlari deb nomlagan. Bu guruhlar o'zining maqsad va vazifasi bo'yicha yana bir nechta toifa hamda turlarga bo'linadi. Quyida mazkur metodlarning umumiy va o'ziga xos xususiyatlari hamda qiyosiy tavsifi berildi.

Download 92.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling