Ontogenez psixologiyasining rivojlanish bosqichlari


Shveysariyalik psixolog J.Piaje (1896—1980) insonning kamol topishini bir necha davrlarga ajratib o‘rganishni tavsiya qiladi


Download 36.4 Kb.
bet3/10
Sana03.12.2023
Hajmi36.4 Kb.
#1780959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-ma ruza matni ON

Shveysariyalik psixolog J.Piaje (1896—1980) insonning kamol topishini bir necha davrlarga ajratib o‘rganishni tavsiya qiladi:
1. Bola — tashqi muhit - ma’lumotlarni qayta ishlash.
2. Tafakkur: a) ijtimoiy davrgacha; b) ijtimoiy davr.
3. Intellekt (aql):
a) sensomotor — 2 yoshgacha;
b) operasional davrgacha — 2— 7(8);
v) yaqqol operatsiya davri — 7(8) —11(12) yoshgacha;
g) rasman (formal) operatsiya davri —11(12) —15 yoshgacha.
AQSHlik psixolog Dj.Bruner (1915) shaxsning tarkib topishi bilan ta’lim o‘rtasida ikkiyoqlama aloqa mavjudligini aytib, insonning kamolot sari intilishi bilim olish samaradorligini oshirsa, o‘qitishning takomillashuvi uning ijtimoiylashuvi jarayonini tezlashtiradi, deb uqtiradi.
Shu tariqa ontogenez psixologiyasi fani qator rivojlanish bosqichlaridan o‘tib, bugungi darajasiga erishdi. Uning rivojlanishiga O‘rta Osiyo allomalari, yaqin va uzoq chet ellar psixologlari munosib hissalarini qo‘shdilar. Yuqorida aytilgan nazariyalar, amaliy va ilmiy ma’lumotlar, tadqiqotchilar yaratgan metodikalar o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
2.2. Ontogenez davrlarini tabaqalash nazariyalari
Psixologiya fanida ontogenezni davrlarga tabaqalash bo‘yicha qator mustaqil nazariyalar mavjud, ular inson shaxsini tadqiq qilishga har xil nuqtai nazardan yondashadi va muammoning mohiyatini turlicha yoritadi. Ularga biogenetik, sosiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixoanalitik, bixevioristik nazariyalarni kiritish mumkin.
Quyida mazkur nazariyalar va ularning ayrim namoyandalari ifodalagan yosh davrlarini tabaqalash prinsiplarini ko‘rib chiqamiz.
Biogenetik nazariyada insonning biologik yetilishi bosh omil sifatida qabul qilingan, qolgan jarayonlarning rivojlanishi ixtiyoriy bo‘lib, ana shu omil bilan o‘zaro bog‘liqdir. Mazkur nazariyaga binoan, rivojlantirishning bosh maqsadi biologik determinantlarga (aniqlovchilarga) qaratiladi va ulardan ijtimoiy-psixologik xususiyatlar kelib chiqadi. Rivojlanish jarayonining o‘zi, dastavval biologik yetilishning universal bosqichi sifatida talqin qilinadi.
Biogenetik qonunni F.Myuller va E.Gekkel kashf qilgan. Biogenetik qonun tana a’zolarining rivojlanishi nazariyasini tashviq qilishda hamda antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o‘ynagan. Biroq unda tana a’zolarining individual va tarixiy rivojlanishi munosabatlarini tushuntirishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, biogenetik konunga ko‘ra, shaxs psixologiyasiniig individual rivojlanishi (ontogenez) butun insoniyatning tarixiy rivojining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi.
Nemis psixologi V.Shternning fikricha, chaqaloq (yangi tug‘ilgan bola) hali odam hisoblanmaydi, balki faqat sut emizuvchi hayvondir; olti oylikdan oshgach, u psixik rivoji jihatidan faqat maymunlar darajasiga tenglashadi, ikki yoshida oddiy odam holiga keladi, besh yoshlarida ibtidoiy gala holidagi odamlar darajasiga yetadi, maktabga kirganidan boshlab ibtidoiy davrni boshidan kechiradi, kichik maktab yoshida uning ongi o‘rta asr kishilari darajasiga, nihoyat, yetuklik davri (16—18 yoshlari)dagina hozirgi zamon kishilarining madaniy darajasiga erishadi.

Download 36.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling