Onunlarini o’rganish
Ishning bajarilish tartibi
Download 210.85 Kb.
|
2-Prujinali mayatnik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2- mash q . Prujinali mayatnik xususiy tebranishlari davrining, siklik chastotasining yuk massasiga bo g’ li q ligi
- 4-mashq. Prujinali mayatnik tebranishi so’nishining logarifmik dekrementini va ishqalanish koeffitsiyentini aniqash
Ishning bajarilish tartibi1-mashq. Prujinaning bikirlik koeffitsiyentini statik usul bilan aniqlash 1. Ma’lum nomerli prujina 1 shtativga osiladi. Prujinaning vaziyati shkaladan belgilanadi. 2. Prujinaga P1 yuk osiladi. Prujinaning yukni og’irligi ta’sirida l cho’zilishi shkaladan yozib olinadi. 3. (1) formuladan foydalanib, prujinaning bikirlik koeffitsiyenti k hisoblanadi. 4. P2 va P3 yuklar osilib, yuqoridagi usulda yuklar ta’siridagi mos cho’zilishlar topiladi. 5. 1-4-punktda bayon etilgan usulda yana 2 ta prujinaning bikirlik koeffitsiyenti aniqlanadi. 6. Olingan natijalar 1-jadvalga yoziladi. 1-jadval
2- mashq. Prujinali mayatnik xususiy tebranishlari davrining, siklik chastotasining yuk massasiga bog’liqligini tekshirish 1. Ma’lum nomerli prujina shtativga ilinadi. 2. Prujinaga m1 massali yuk osiladi. 3. Yuk muvozanat vaziyatdan pastga (yuqoriga) 30-50 mm chetlashtirib qo’yib yuboriladi. Mayatnik tebrana boshlaydi. 4. Mayatnikning n ta tebranishiga ketgan (n=40-50) vaqt sekundomer bilan o’lchanadi. 5. Davrni T = t/n munosabatdan hisoblanadi. 6. Mayatnik erkin tebranishining siklik chastotasi va tengliklardan foydalanib hisoblanadi va bir-biri bilan taqqoslanadi. k ning qiymati birinchi mashqdan olinadi. 7. 2-6 punktda bajarilgan ishlar yana bir yuk uchun bajariladi. 8. T2 va ω2 kattaliklar hisoblanadi. 9. Natijalar 2-jadvalga yoziladi. 10. T2 va ω2 ning yuk massasi m ga bog’liqlik grafigi chiziladi. 2-jadval
3- mashq. Prujinali mayatnik xususiy tebranishlarining prujina bikirligiga bog’liqligini o’rganish 1. Massasi m=30-50 g oraliqda bo’lgan bir yuk tanlab olinadi. 2. Shtativga ma’lum nomerli prujina osilib, unga tanlab olingan yuk ilinadi. 3. 2-mashqning 3-5 punktidagi usul bilan mayatnikning T tebranish davri topiladi 4. T davrning topilgan qiymati va (13) formuladan foydalanib, prujinaning k bikirlik koeffitsiyenti hisoblanadi. 5. Bikirlik koeffitsiyentining hisoblangan qiymati bilan 1-mashqda topilgan qiymati solishtiriladi 6. Yana bir nechta prujina uchun tanlab olingan m0 massali yuk bilan 2-5- punktda ko’rsatilgan ishlar bajariladi. 7. Olingan natijalar 3-jadvalga yoziladi. 8. T2 ning k ga bog’lanish grafigi chiziladi. 3-jadval
4-mashq. Prujinali mayatnik tebranishi so’nishining logarifmik dekrementini va ishqalanish koeffitsiyentini aniqash 1. Ma’lum nomerli prujina va m massali yuk tanlab olinadi. Prujina 1 shtativga ilinadi, prujinaga esa yuk osiladi. 2. Mayatnik idishdagi suyuqlikka tushiriladi. 3. 2-mashqning 3-5-punktidagi usul bilan mayatnikning T1 tebranish davri topiladi. 4. Boshlang’ich amplitudani A0=30 mm olib, mayatnikni qo’yib yuborish bilan bir vaqtda sekundomerni yurgizamiz. 5. Kuzatishni davom ettirib, tebranish amplitudasi boshlang’ich amplitudaning 0,1 qismiga teng bo’lguncha, ya’ni At =0,1A0 (At=3 mm) bo’lguncha ketgan t vaqtni sekundomerda o’lchaymiz. 6. (12) munosabatdan θ logarifmik dekrement hisoblanadi. 7. (11), (12) va (8) formulalardan foydalanib, so’nish koeffiiiyenti, r ishqalanish koeffitsiyenti va xususiy tebranishning ω1 siklik chastotasi hisoblanadi. 8. Olingan natijalar 4-jadvalga yoziladi. 4- jadval
O’z-o’zini sinash uchun savollar: 1. Prujinada osilgan yukka ta’sir etuvchi kuchlarni izohlang. 2. Prujinali mayatnikning tebranishida og’irlik va elastiklik kuchlarining ahamiyatini aytib bering. 3. Ishqalish kuchlarini hisobga olmaganda mayatnik tebranishini xarakterlovchi kattaliklarni tushuntiring. 4. Prujinali mayatnikning tebranish davri qanday kattaliklarga bog’liq bo’ladi? Download 210.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling