Operatsion faoliyat tahlilining mazmuni va muhim vazifalari


Xo‘jalik subyektining faoliyat turlari


Download 59.35 Kb.
bet10/11
Sana19.06.2023
Hajmi59.35 Kb.
#1622031
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi

Xo‘jalik subyektining faoliyat turlari



Korxona

Odatdagi

Odatdagi

faoliyat asosiy,

faoliyati

faoliyati

moliyaviy

va investitsion







faoliyatdan iborat




Favqulodda

Odatdagi

faoliyatdan farqli




faoliyati

ravishda

muntazam







takrorlanmaydigan va
tutilmagan faoliyat hisoblanadi.

ko‘zda
turi




Asosiy

Operatsiya faoliyati - xo‘jalik




faoliyat

yurituvchi subyektning daromad







keltiruvchi asosiy faoliyati,







shuningdek‚ subyektning







investitsiya va moliya faoliyatiga

Odatdagi




oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik

faoliyat




faoliyati




Moliyaviy

Investitsiya faoliyati -

uzoq




faoliyat

muddatli aktivlar va

boshqa







investitsiya obyektlarini

sotib







olish va sotish







Investitsion

Moliyaviy faoliyat - xo‘jalik




faoliyat

yurituvchi subyektning faoliyati







bo‘lib, uning natijasida o‘z







mablag‘i va qarz mablag‘lari







miqdori va tarkibida o‘zgarishlar







yuz beradi

Faoliyat turlariga mos ravishda tahlil ham operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat tahlili turlariga tarkiblanadi.


Operatsion tahlil – xo‘jalik yurituvchi subyektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek‚ subyektning investitsiya va moliya faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyati tahlilidir.
Operatsion tahlil – xo‘jalik subyektining moliyaviy natijalarining ishlab chiqarish xarajatlari va tushum hajmiga bog‘liqligidan iborat tahlil turidir
Investitsion tahlil – uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiya obyektlarini sotib olish va sotishni tahlilidir.
Investitsion tahlil – investitsion faoliyat, uning samaradorligi va natijaviyligi bilan bog‘liq bo‘lgan tahlil turidir.
Moliyaviy faoliyat tahlili – xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z mablag‘i va qarz mablag‘lari miqdori va ular tarkibidagi o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lgan tahlilidir.
Moliyaviy faoliyat tahlili –xo‘jalik subyektining moliyaviy harakatlari, ularning samaradorligi va natijaviyligi bilan bog‘liq bo‘lgan tahlilidir.


    1. Operatsion faoliyat tahlili va uning muhim jihatlari


Operatsion faoliyat korxonaning asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Uning tashkil etilishida, asosiy faoliyat turining (OKONX) belgilanishi ham shu bilan izohlanadi.


Korxonlarning asosiy qismi ishlab chiqarish va savdo faoliyati bilan shug‘ullanadilar. Agar korxonalar qo‘shimcha faoliyatni amalga oshirsalar, ular ikkinchi darajali faoliyat hisoblanadi. Bunday faoliyat turlariga investitsion va moliyaviy faoliyatlar kirishi mumkin. Bunday faoliyat turlari korxonani qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha qatorlariga kiradi.
Opreratsion faoliyatning ustuvorligi shundaki‚ bunday faoliyat to‘liq mijozga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Operatsion faoliyat asosiy faoliyat yoki biznesga nisbatan, pul tushumlariga nisbatan eng ko‘p ishlatiladigan tushuncha hisoblanadi.
Operatsion faoliyatning zamonaviy tahlilining muhim jihatlarini quyidagilarda ko‘rish mumkin:
-ishlab chiqarish va biznes samaradorligini o‘stirish istagining yuqoriligida;
-erkin qarorlar qabul qilish yuzasidan xo‘jalik yuritish imkoniyatlarining kengligida;
-reja va dasturlarni doimiy korrektirovka qilish imkoniyatlari mavjudligida;
-boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ko‘p variantli hisob-kitoblarni amalga oshirishda axborotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlarining yuqoriligida;
-faoliyatni rivojlantirishda barcha ichki va tashqi omillarning hisobga olinishida;
-joriy va istiqbolli rejalashtirish funksiyalarining o‘zgarishida;
-real erishilgan natijalarni boshqaruvning barcha bo‘g‘inlari bo‘yicha baholash imkoniyatlarining mavjudligida;
-matematik usullardan va elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish imkoniyatlarining kengligida;
-keng jamoaning boshqaruvga jalb etilishida;
-innovatsion jarayonlarni faoliyat va boshqaruvning barcha bo‘g‘inlarida qo‘llash imkoniyatlarining mavjudligida;
-risklarni baholash va ularnri boshqarishda menejerlar rolining ortishida ko‘rish mumkin.
Operatsion faoliyat bo‘yicha pul oqimlari asosan tadbirkorlik subyektining asosiy daromad keltiruvchi faoliyatidan kelib chiqadi. Binobarin, ular asosan foyda yoki zararni aniqlashda ishtirok etadigan operatsiyalar yoki boshqa hodisalar natijasida kelib chiqadi.
Operatsion faoliyatda pul oqimlariga quyidagilar misol bo‘ladi:

  • tovarlarni sotish va xizmatlarni ko‘rsatishdan kelib tushgan pul mablag‘lari;

  • royalti, xizmatlar haqi, komission to‘lovlar va boshqa daromadlar ko‘rinishida kelib tushgan pul mablag‘lari;

  • mol yetkazib beruvchilarga tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlar;

  • xodimlarga va xodimlar nomidan to‘lovlar;

  • sug‘urta tashkilotining sug‘urta polislari bo‘yicha mukofotlari va talablari, annuitetlar va boshqa sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha pul tushumlari va pul to‘lovlari;

  • foyda solig‘i bo‘yicha to‘lovlar hamda soliqlarning qaytarilishi, agar ular moliyaviy yoki investitsion faoliyat bilan aniq bog‘liq bo‘lmasa;

  • vositachilik yoki oldi-sotdi maqsadlarida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari.

Operatsion faoliyat tahlili yuzasidan quyidagi axborotlarga tayaniladi:

  • aylanma mablag‘lar miqdori;

  • resurslarni safarbar qilish yo‘llari;

  • moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish usullari;

  • sarf-xarajatlarni optimallashtirish;

  • asbob-uskunalarni ijaraga olish yoki sotib olish;

  • tovarlarni ishlab chiqarish uchun sarflangan qiymat bilan sotish qiymati o‘rtasidagi ijobiy farqlanish;

  • sotish hajmi va rentabellikning o‘sishi haqidagi ma’lumotlar.


    1. Download 59.35 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling