Operatsion sistemaga ikki XIL ta’rif berishadi


Открыть tugmasi bosilsa, joriy ob’ekt ko’z oldimizda namoyon bo’ladi, agar bu ob’ekt jadval


Download 103.48 Kb.
bet17/27
Sana20.06.2023
Hajmi103.48 Kb.
#1633846
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
15-variant

Открыть tugmasi bosilsa, joriy ob’ekt ko’z oldimizda namoyon bo’ladi, agar bu ob’ekt jadval bo’lsa, uni ko’rib yangi ma’lumotlar kiritish yoki avvalgisini o’zgartirish imkoniyati hosil bo’ladi.
Конструктор tugmasi bosilsa, u holda ob’ektning tuzilmasi namoyon bo’ladi. Agar ob’ekt jadval bo’lsa, unga yangi maydon kiritish yoki olib tashlash mumkin, bordiyu forma bo’lsa, u holda boshqarish elementlarini tashkil etadi, ammo bu hol foydalanuvchilar uchun emas, balki berilganlar bazasini tashkil etuvchilarga ko’proq foydali.
Создать tugmasi bosilsa, u holda yangi ob’ektlar tuzish, uni boshqarish lozim bo’ladi.
Xullas, ana shu sanab o’tilgan tartiblar asosida ob’ektlar ustida quyidagi turda ish bajariladi.
mexanik usul bilan
avtomatlashtirilgan holatda
jadval ustasi yordamida
Har bir ob’ekt ustida qisqacha ma’lumot qo’yidagilardan iborat.
Jadval tuzish-bu ma’lumotlarning o’ziga hos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda uning maydonlarini ifodalash demakdir. Bu jarayon berilganlar bazalari darchasida Sozdat (Создать) tugmasini bosish bilan boshlanadi va ekranda qo’yidagi muloqat darchasi paydo bo’ladi.



  1. Nashriyot tizimida qo’llanilarigan dasturlar.(nashriyot,tizim,dastur) 20 ball

Keyingi paytlarda turli korxonalarda kichik nashriyotlar paydo bo’la boshladi. Kichik nashriyot deganda, shaxsiy komp’yuter bazasida, turli tez chop qiluvchi va boshqa qo’shimcha qurilmalar orqali bosma mahsulotlari (kitob, oynoma, jurnal, broshyuralar, prospektlar va hokazo) chiqarish tushuniladi. Bunda bo’lajak bosma mahsulotlari komp’yuterda tayyorlanadi, ya’ni komp’yuter varaqlash, asl maketlash ishlari ham komp’yuterda bajariladi. Rizograf esa asl maket shaklida komp’yuterda tayyorlangan, chop qilish uchun ishlatiladi va u minutiga o’rtacha 130 sahifani chop qilishi mumkin. Rizograflarning turli xillari mavjud. Ular rangli bo’lib, turli chop qilish tezligiga ega bo’ladi.
Nashriyot sohasida ishlatiladigan matn muharrirlari shu soha uchun yaratilgan maxsus dasturlar bo’lib, ular kichik nashriyotlar yordamida gazeta-jurnallar, kitoblar, turli reklama mahsulotlari tayyorlashga mo’ljallangan. Bunda bo’lajak bosma maxsulotlar tayyorlanib, bu matnni terish, tekshirish va tahrirlashdan to maketlashgacha bo’lgan bosqichlarni o’z ichiga oladi. Keyinchalik maket lazer printerda bitta asl nushada chop etib olinadi va undan so’ng tayyorlangan hujjatning maketi rizograf deb nomlanuvchi maxsus qurilma yordamida ko’paytiriladi. Kichik nashriyot bulardan tashqari muqovalovchi, broshyuralovchi va kesuvchi qurilmalar bilan ham ta’minlangan.
Sifatli va asl maketlarni tayyorlash uchun bir qancha turdagi nashriyot tizimlaridan foydalanadi. Ularga misol qilib Page Maker, Ventura Publisher, Post Script, QuarkXPress, TEX, LATEX nashriyot tizimlarini keltirishimiz mumkin. Shulardan biri va keng miqyosda ishlatiladigani Page Maker dasturlar paketi kitoblar matnini terish, taxrirlash, ko’rib chiqish va chop qilishda juda qulay vosita hisoblanadi. Ventura Publisher esa gazeta-jurnallar matnini terish va chop etishga mo’ljallangan. Uning yordamida matnni sahifalarga bo’lish, matn bo’laklarini zarur joylarga joylashtirish (Komponovka) va shunga o’xshash ushbu sohada ko’plab ishlatiladigan amallarni tez va qulay amalga oshirishi mumkin.
Turli formulali matnlarni (masalan, matematika, fizika, ximiya fanlariga oid) tayorlashda TeX va uning keyingi versiyalari bo’lgan LATeX taxrirlovchi dasturlardan keng miqyosda foydalaniladi. Page Maker dasturi Page Maker Aldus Corporation firmasi tomonidan yaratilgan keng imkoniyatli va qulay dasturdir. Uning ishlashi Microsoft Windows operatsion sistemasining to’liq versiyasi bo’lishini talab qiladi. Page Maker dasturi fayl va kataloglar bilan ishlaydi. Fayl nomi esa .pub kegaytmasi yordamida yoziladi. Boshqa katalogga o’tish uchun sichqoncha ko’rsatkichini tegishli belgiga keltirib (vertikal simvolga) uning chap tugmasi ikki marta bosiladi.
12-bilet
1.Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va o‘rta umumta’lim maktablarida informatika fanini o‘qitishning dasturiy ta’minotining taxlili.
: Respublikamizda ta’lim tizimining barcha bosqichlarida bo‘lgani kabi, oliy ta’lim
muassasalari qoshida tashkil etilgan akademik litseylarning o‘quv–texnika ta’minoti zamon
talabi darajasida jihozlangan. O‘quv jarayoniga zamonaviy axborot va pedagogik
texnologiyalarni qo‘llash, ular yordamida ta’lim tizimida samaradorlikka erishish maqsadida bir
qator ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, ta’lim tizimining har bir bosqichida fanlarni o‘qitishda
ularning uzluksizligini ta’minlash alohida ahamiyat berilmoqda. Xususan, “Informatika va
axborot texnologiyalari” fanining uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash masalasi joriy etilgan
davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini yaratishda e’tiborga olingan. Hozirgi kunda respublikamizning barcha akademik litseylar zamonaviy kompyuter
texnologiyalari bilan jihozlashga alohida e’tibor qaratilayotganligini hisobga olib, o‘quvchilar
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan dars jarayonida va darsdan tashqari vaqtlarda
mustaqil ta’lim olishlari uchun ta’lim tizimiga masofali o‘qitish texnologiyalarini joriy etish
maqsadida elektron ta’lim resurslari yaratish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Tadqiqot
davomida Web texnologiyalar asosida yaratilgan elektron ta’lim resurslari tarkibida turli xil
kurslar, nazariy va amaliy mazmundagi materiallar, bilimlarni mustahkamlash uchun topshiriqlar
mazmunini ishlab chiqish, unga joylashtirish va ulardan foydalanish bo‘yicha metodik
ishlanmalar, tavsiyalar zarurligi, shuningdek, bu sohadagi ilmiy izlanishlarning kamligi, rivojlangan mamlakatlar singari o‘quvchilarni Web texnologiyalar asosida yaratilgan elektron
ta’lim resurslaridan foydalanib, amaliyotga masofali o‘qitishni joriy qilish bilan mustaqil
bilimlarini mustahkamlashga etarlicha e’tibor berilmayotganligi aniqlandi va bu muammo ushbu
tadqiqotga asos bo‘ldi.
Uzluksiz ta’lim tizimining o‘rta va o‘rta maxsus bosqichi ya’ni akademik litseylarda
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning uzluksizligini ta’minlashning
mazmuni, maqsadi, vazifalari hamda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalariga
qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat - “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘rganish natijasida o‘quvchilar:
axborotning turlari, ularni tasvirlash, saqlash, ishlov berish va uzatish yo‘llarini, axborotning
sifat ko‘rsatkichlari, jarayonlari, madaniyati, jamiyatni axborotlashtirishning huquqiy asoslari,
axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizlari, jamiyatning axborot resurslari,
axborot xavfsizligi, axboriy huquq va etika, o‘z kasbiy faoliyatda axborotning roli va
ahamiyatini, informatika va axborot texnologiyalarining axborotlashgan jamiyatdagi, xususan,
o‘z kasbiy sohasidagi o‘rni, roli va vazifalarini bilishi va ular haqida tushunchalarga ega
bo‘lishi;
- kompyuterni axborotga ishlov beruvchi vosita sifatidagi rolini, kompyuter dasturlari va
ularning axborotlarini qayta ishlash jaryonidagi o‘rnini, shaxsiy kompyuterlar tarkibi va
tasnifini, sistemali blok va uning tuzilmasini, kompyuterda ma’lumotlarni tashkil etish va
saqlashni bilishlari;
- zamonaviy kompyuterning dasturiy ta’minoti va uning turlarini, drayverlar, utilitlar,
amaliy dasturiy ta’minot turlarini, zamonaviy dasturlash texnologiyasining uskunaviy
vositalarini tushunishi va ularni amalda qo‘llay olishi;
- tizimli dasturiy ta’minot va uning turlarini, operatsion tizim va uning qobig‘i ostida
ishlovchi zamonaviy dasturlarni bilishi va ularni amalda qo‘llay olishi, yangi operatsion tizimlar
haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishi, Windows operatsion tizimining yangi versiyalarida ishlay
olishi, Lunix-operatsion tizimi va uning imkoniyatlari, qo‘llanilish doirasi, xususiyatlari va
afzalliklari haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi;
- ofis dasturi paketlari va uning tarkibini, zamonaviy matn protsessorlarining
imkoniyatlarini bilishi va ulardan foydalana olish malakalariga ega bo‘lishi, gipermurojaatlar,
rasmlar va murakkab jadvallar bilan ishlash qo‘nikmasi, zamonaviy jadval protsessorining
imkoniyatlari haqida bilimlarga ega bo‘lishi va ulardan foydalana olishi, taqdimot yaratishning
zamonaviy dasturiy ta’minoti haqida chuqurroq bilimga ega bo‘lishi va Power Point dasturida
murakkab harakatli taqdimotlarni yarata olishi, o‘z kasbiy faoliyatda ofis dasturlaridan
foydalanish imkoniyatlari haqidagi bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘lishi va ulardan foydalana
olishi;
- grafik ob’ektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullarini, kompyuter grafikasi va
uning turlarini, tasvirlarni grafik muharrir uskunalari (grafik, skaner, planshet) yordamida
kiritish va qayta ishlash yo‘llarini, rastrli va vektorli grafikaning dasturiy ta’minotini bilishi,
CorelDraw, Photoshop dasturlaridan birida ishlay olishi, ikki va uch o‘lchovli grafika haqida
bilimga ega bo‘lishi va o‘z kasbiy faoliyatida grafik dasturlaridan foydalana olish ko‘nikma -
malakalariga ega bo‘lishi - amaliy dasturlar va ularning turli kasbiy sohalarda qo‘llalanilishi, nashriyot tizimlari
haqida ma’lumotga ega bo‘lishi, o‘z kasbiy sohasidan kelib chiqqan holda turli sohalarda
qo‘llaniladigan dasturlar (PageMaker, 1S: Bugalteriya, BEM, muhandislik grafikasi dasturlari –
AvtoCad, MathCad va boshqa dasturlar) haqida ma’lumotga ega bo‘lishi va ulardan birida ishlay
olish malakalariga ega bo‘lishi;
- zamonaviy dasturlash tillari va ularning tasnifi, dasturlash tilining asosiy tushunchalari
va operatorlarini, ob’ektga mo‘ljallangan dasturlash haqida bilimga ega bo‘lishi, Delphi
dasturlash muhiti va uning ishchi oynasi bilan ishlay olishi, komponentlar palitrasi va uning
bo‘limlari va ayrim komponentlarni qo‘llay olishi, Delphi dasturi strukturasi, loyiha va modullar
tuzishga oid masalalarni hal qilishni, Delphi da protsedura va funktsiyalar bilan ishlay olishi,
Delphi dasturlash muhitining grafik imkoniyatlariga oid dasturlar tuzish va ularni kompyuterga
kiritib tahlil qilish, o‘z kasbiy sohasiga oid uncha murakkab bo‘lmagan masalalarning dasturini
tuzish va kompyuterda natijasini ola bilish malakalariga ega bo‘lishi;
- Veb-dizayn va uning dasturiy ta’minoti, Flash texnologiyasi yordamida Veb-sahifa
yaratish va bezashni, Veb-sahifalarga rasmli, grafikli ma’lumotlarni turli usullarda joylashtirish
va bezash usullarini, Veb-sahifalarda formalar o‘rnatish usullarini, tovushli ma’lumotlarni
joylashtirishni, Veb-sahifalar orasida aloqalarni o‘rnatish imkoniyatlarini bilishlari va
amaliyotda qo‘llay olishlari;
- axborotni tashkil qilish va qidirib topish, belgilab olingan axborotni tizimlashtirish,
umumlashtirish, tarkiblantirish va tushunarli shaklga keltirishni bilishi;
- kompyuterlardan foydalanishning asosiy qoidalari, ularga xizmat qiluvchi dasturlar va
ularni amaliyotda foydalana olishni bilishi;
- kompyuter viruslaridan saqlanish usullari, antivirus dastur vositalarining
imkoniyatlaridan foydalana olishi;
- fayllarni arxivlash usullari va arxivator dasturlar bilan ishlashni bilishi;
- kasbiy sohasiga oid sodda masalalarning modellarini tuza olishi;
- multimediya texnologiyasi va telekommunikatsiya vositalarini bilishi va ulardan
foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- shaxsiy elektron manzil (elektron pochta) ochish va u bilan ishlash, Internet tarmog‘ida
axborot izlash tizimlaridan foydalana olish malakalariga ega bo‘lish;
- Internet va lokal kompyuter tarmoqlaridan foydalana olish malakalariga ega bo‘lishlari
zarur. U.Yu.Yuldashev, R.R.Boqiev, F.M.Zokirovalar tomonidan Akademik litseylar uchun
“Informatika” darsligi yaratilgan bo‘lib, unda o‘quv dastur bo‘yicha “Informatika va axborot
texnologiyalari” fanining asosiy mazmuni yoritilgan. Hozirgi kunda akademik litseylarda
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan darsliklardan biri sifatida foydalanilmoqda [4].
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning o‘quv-uslubiy va ilmiy
jihatdan olib borilgan tadqiqotlarda har bir fan va mavzu yoritilish jarayoni avvalo o‘quvchitalaba yuqori darajali bilim olishi va yuqori kasbiy kompitentligini shakillantirishga qaratish
ularning kelgusida yuqori salohiyatli va raqobat bardosh kadrlar bo‘lib etishishlariga yordam
beradi. Bu avvalo, jamiyatni rivojlantirishga asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Zero, yuqori
malakali pedagog kadrlarni tayyorlash avvalo kelgusida ham ta’lim va tarbiya beradigan
dargohidan salohiyatli yoshlar etishib chiqishini ta’minlaydi.
2. Elektron qo‘llanma dizaynini shakllantirish. (elektron, qo’llanma, Dreamweaver dasturi)
Elektron qo`llanma dizayni – unung sahifalari tashqi ko’rinishini ifoda etuvchi rang palitrasi, bezaklari, ob’ektlarning tasvirlanish uslubi , shriftlardan va boshqa ekran unsurlaridan foydalanish xususiyatini aks ettiruvchi bir butun qoidalar tizimi. Elektron qo`llanma dizayni ishlab chiqish jarayonida quyidagi qoidalarga rioya etish tavsiya etiladi:
Elektron qo`llanma dizayni ishlab chiqish umumiy ekran palitrasini ishlab chiqishdan boshlanadi. Birinchi navbatda ekranning asosiy rangi tanlanadi. Elektron qo`llanma dizaynerining mahorati loyihaning umumiy dizaynini ishlab chiqish jarayonida asosiy rangga tayanib ishlash qobiliyati bilan belgilanadi. Asosiy rangga moslab qoshimcha bir nechta (2-3 ta dan ko’p bo’lmagan) rang tanlanadi. Qoshimcha ranglar giperbog’lovlar, alohida terminlar, ta’riflar va boshqa ajratilib ko’rsatiluvchi ob’ektlar uchun mo’ljallanadi. Ranglarni tanlashda ergonomik talablarga rioya qilish zarur. Masalan, qizil rang – uzilish, favqulodda ma’lumot, xavf-xatar; sariq rang - diqqat – e’tibor ; yashil rang – ruxsat berish, tasdiqlash ma’nolarini bildiradi. Ranglarning bir-biri bilan uyg’unlikda kelishi muhim ahamiyatga ega. Navbatdagi bosqichda Elektron qo`llanma asosiy stili shakllantiriladi. Bunda ekranda navugatsion panellarning joylashuvi, ularning rangi, shakli, asosiy oyna xajmi, qoshimcha bezak elementlari vaboshqalar barcha sahifalar uchun ishlab chiqiladi. Bunda shriftlar stili, kattaligi, grafik ob’ektlarning joylashuvi va bosgqa ekran elementlari joylashuvu hamda ko’rinishi ishlab chiqiladi.
3.Delphi dasturlash tilida o’zgarmaslar, o’zgaruvchilar va standart funksiyalar. (O’zgarmas, o’zgaruvchi, standart funksiya)
Hozirgi kunda juda ko‘p algoritmik tillar mavjud. Bu tillar ichida Pascal tili universal tillardan biri bo‘lib, boshqa tillarga qaraganda imkoniyatlari kengroq tildir. So‘nggi yillarda Pascal tili juda cakomillashib, tobora ommalashib bormoqda. Pascal tilida dastur tuzish uchun Turbo Pascal va Delphi dasturlash vositalari mavjud. Bu dasturlash vositalari zamonaviy kompyuter texnologiyasining hamma talablarini o‘z ichiga oigan va unda dastur tuzuvchi uchun hamma qulayliklar yaratilgan. Delphi dasturlash vositasi Turbo Pascal tilining rivoji bo‘lgan Object Pascal tilini ishlatadi. Hozirgi kunda bu tilga juda ko'plab yangilildar kiritilgan, uning imkoniyatlari yanada kengaytirilgan, shu sabab bu tilni Delphi tili deb ham atash mumkin. Delphi tili ham boshqa dasturlash tillari kabi o‘z alfavitiga va belgilariga ega. U 26 ta bosh lotin harflarini, 0 dan 9 gacha bo‘lgan arab raqamlarini va quyidagi belgilami ishlatadi: bo‘shliq belgisi; 4 ta arifmetik amallar + mantiqiy amallamibajarishuchun < ,> , <=, > = ,< > , = belgilarini ishlatadi. Bulardan tashqari vergul, nuqta, ikki nuqta, kichik qavs, katta va o‘rta qavslar. Dasturda izohlar istalgan joyda berilishi mumkin. Ular katta qavs ichida yoziladi. Masalan. Program ad; { Bu dastur n o m i}

Download 103.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling