Optik analiz metodlari. Analizning boshqa fizikaviy metodlari Reja


Download 49.63 Kb.
bet6/6
Sana11.03.2023
Hajmi49.63 Kb.
#1258615
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
optik analiz metodlari. analizning b

Lyuminessent analiz ul`trabinafsha nurlar ta’sirida tekshirilayotgan eritmadagi moddadan chiqayotgan nurlanishni tekshirishga asoslangan. Ul`trabinafsha nurlar chiqaruvchi manba sifatida simobli kvars lampadan foydalaniladi.Lyuminessensiya hodisasi barcha moddalar uchun xarakterli emas, ammo maxsus reaktivlar bilan qayta ishlangandan so’ng ko’pgina moddalarda nur chiqarish xususiyati paydo bo’ladi. Bu hodisa xemilyuminessensiya deyiladi. Lyuminessent analiz usuli moddaning juda kam miqdori (10-10 va hatto 10-13 g) ni ham aniqlash imkonini beradi.
Emission spektral analiz usuli. Moddalarning emission spektrini o’rganishga asoslangan. Analiz qilinayotgan modda namunasi gaz gorelkasida (≈2000-3000° C),elektr yoyda (≈5000-70000C) yoki yuqori kuchlanishli uchqunda (≈7000-15000°C) yoqiladi. Bunda tekshirilayotgan modda bug’lanadi va o’zini tashkil etuvchi atomlar yoki ionlarga dissosilanadi. Atomlar yoki ionlar ko’zg’algan holatga o’tadi va emission spektr hosil qiladi. Har xil rangdagi spektr chiziqlarning hosil bo’lishi kuzatiladi (chunki qizdirilgan moddalar uchun tutash spektr hosil bo’lmay, chiziqli spektr hosil bo’ladi).
To’lqin uzunligi va tebranish chastotasi ma’lum qiymatgaega bo’lgan nurdan foydalanilgandachiziqli spektrda aniqlanayotgan element uchun xarakterli bo’lgan doimiy chiziqlar paydo bo’ladi. Ana shu chiziqlarga qarab tekshirilayotganmodda tarkibida aniqlanayotgan elementning bor-yo’qligi haqida xulosa chiqariladi. Spektrda hosil bo’lgan chiziqlarning intensivligini o’lchab tekshirilayotgan modda tarkibiga kiruvchi elementlar miqdori aniqlanadi. Aniqlanayotgan elementning konsentraspyasi qancha katta bo’lsa, spektral chiziqlarning intensivligi shuncha kuchli bo’ladi.
Emission spektral analizning ikki turi mavjud: birinchisi miqdoriy, ikkinchisi yarim miqdoriy, ular o’lchash darajasining aniqligi bilan bir-biridanfarq qiladi. Birinchi tipdagi maqsadlar uchun stilometrlardan, ikkinchi tipdagi analizlarda bir qator soddaroq bo’lgan stiloskoplardan foydalaniladi. Ammo har ikkala holda ham asboblarda xosil bo’luvchi spektrlar vizual kuzatila oladi.
Spektrlar fotoqog’ozlarga ham tushirilishi mumkin, bu hol spektrograflarda amalga oshiriladi. fotoqog’ozyoki fotoplastinkadagi spektral chiziqlarning qorayish darajasi aniqlanayotgan elementning tekshirilayotgan modda tarkibidagi konsentrasiyasiga to’g’ri proporsionaldir. Modda tarkibidagielementlarning miqdorini aniqlashda graduirovkalangan grafiklardan foydalaniladi (bunday grafiklar etalon namunalarning spektr chiziqlari intensivligini o’lchash yo’li bilan chizib olingan bo’ladi).
Emission spektral analiz murakkab birikmalarningtarkibini aniqlash imkonini beradi. Undan metallurgiya sanoatida, geologik va astrofizik izlanishlarda muvaffaqiyat bilan foydalanish mumkin.
Spektral analiz usulining kimyoviy analiz usullaridan afzalligi shundaki, birinchidan,emission analizning sezgirlik darajasi yuqori bo’lib tekshirilayotgan modda tarkibida aniqlanayotganelement juda kam miqdorda bo’lganda ham aniq natijalar olish mumkin; ikkinchidan spektral analizda murakkab tarkibli moddalar kimyoviy analizdagi singari aloxida komponentlarga ajratilmaydi, balki bir qancha elementlar o’zaro ishtirok etayotgan holatda ham ayrim elementlar yuqori darajada aniqlik bilan topilishi mumkin; uchinchidan emission spektral analiz yordamida juda qisqa vaqt ichida tekshirilayotgan modda tarkibi haqida ma’lumot olish mumkin; to’rtinchidan analizni bajarish uchun juda kam miqdorda modda sarflanadi.
Emission spektral analiz usulini 1859 yilda nemis olimlaridan Bunzen va Kirxgoflar yaratgan. Ular bu usulni qo’llab, seziy va rubidiy elementlarini kashf etishdi. Shundan so’ng bu usul bilan ko’pgina kimyoviy elementlar kashf etildi.
Download 49.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling