Optika. Nurlanishning kvant tabiati


Asosiy fotometrik kattaliklar va ularning birliklari


Download 0.85 Mb.
bet3/8
Sana17.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1550212
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
X bob. Optika. Nurlanishning kvant tabiati 78 §. Optikaning asos

Asosiy fotometrik kattaliklar va ularning birliklari

Yorug’lik nuri va uning manbalari jadalligini o’lchash bilan shug’ullanadigan optikaning bo’limi – fotometriya deb ataladi. Fotometriyada quyidagi kattaliklar ishlatiladi:


· energetik kattaliklar – optik nurlanishning energetik parametrlarini tavsiflaydilar;
· yorug’lik kattaliklari – yorug’likning fiziologik ta’sirini tavsiflaydilar.
Energetik kattaliklar

1. Fenurlanish oqimi, nurlanish energiyasining (W) nurlanish vaqtiga (t) nisbatiga aytiladi:





Nurlanish oqimining o’lchov birligi Vattdan (Vt) iborat.


2. Yoritish yoki nurlanish qobiliyati Resirtning Fe nurlanish oqimini shu sirtning ko’ndalang kesimi yuzasiga nisbatiga teng:



ya’ni sirtning nurlanish oqimi zichligini bildiradi.


Nurlanishning birligi Vt/m2 dan iborat.
3. Yorug’likning energetik kuchi Ie - nuqtaviy nurlanish oqimi Fe ni, shu nurlanish tarqalayotgan teles burchakka (w) nisbatiga tengdir:



Yorug’likning energetik kuchi birligi bir steradian burchakka to’g’ri kelgan bir Vattli nurlanish oqimini bildiradi (Vt/sr).


4. Energetik ravshanlik Ve - nurlayotgan sirt elementi yorug’ligi energetik kuchini DIe, nurlanish yo’nalishiga perpendikulyar bo’lgan tekislikdagi element yuzasi proektsiyasiga nisbatiga teng kattalik bilan o’lchanadi:

Energetik ravshanlik birligi Vt/sr.m2 ga tengdir.


5. Energetik yoritilganlik Ee - yoritiladigan birlik yuzaga tushayotgan nurlanish oqimiga teng kattalikdir. Uning birligi Vt/m2 dir.

Yorug’lik kattaliklari


Optikaviy o’lchashlarda har xil nurlanish qabul qilgichlari ishlatiladi (ko’z, fotoelementlar va fotokuchaytirgichlar). Ular har xil to’lqin uzunlikdagi yorug’likka o’ziga xos sezgirlikka ega bo’ladilar.


Yorug’lik o’lchashlari sub’ektiv bo’lgani uchun, yorug’lik birliklari faqat ko’rinadigan yorug’lik spektri sohasi uchun keltiriladi.
1. Yorug’lik kuchining birligi XB tizimida – bir kandelaga tengdir. Kandela – yorug’likning energetik kuchi 1/683 Vt/sr bo’lgan 540×1012 Gts chastotali elektromagnit nurlanish chiqarayotgan manbaning berilgan yo’nalishdagi yorug’lik kuchidir.
2. Yorug’lik oqimi F qabul qilgich sezgirligiga to’g’ri keladigan optikaviy nurlanish quvvatidir, uning birligi 1 lyumen – 1 kd/sr ga teng.
3. Ravshanlik Vφj yo’nalishdagi yorug’lik kuchini I nurlatayotgan yuzaning nurlanish yo’nalishiga perpendikulyar tekislikdagi proektsiyasiga nisbatiga teng kattalikka aytiladi:



uning birligi kd/m2 dir.


4. Yoritilganlik Ye – yuzaga tushayotgan yorug’lik oqimini (F) shu yuzaga nisbatiga teng kattalikka aytiladi.



uning birligi 1 lyuks – 1 lm/m2 dir.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling