6.3. O‘quv natijalarini aniqlash
O‘quv natijalarini aniqlash jarayonida mavzuning o‘zagiga e’tibor qarating, ta’rif va asosiy tushunchalarni tahlil etish, talabalarda zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmani shakllantirishni maqsad qilib olish lozim.
7. KEYSOLOGNING JAVOB VARIANTI
Metodlarga xarakteristika berish namunasi
1. Axborot darsi
№
|
Informatsion ma’ruzaning imkoniyatlari,yutuqlari
|
Informatsion ma’ruzaning kamchiliklari
|
1
|
Qisqa vaqt ichida katta axborotni talabalarga etkazish mumkin
|
Talabalar passiv holatda mavzuni o‘zlashtiradi.
|
2
|
Pedagogning tizimli va izchil faoliyatini ta’minlaydi.
|
Qisman tanish mavzularni o‘rganish juda zerikarli bo‘ladi.
|
3
|
Ko‘p sonli talabalar bilan bir vaqtda ishlash imkonini beradi.
|
Samaradorlik darajasi past.
|
4
|
Iqtisodiy jihatdan kam mablag‘ talab etadi.
|
Pedagog va talaba orasida muloqat sust.
|
5
|
|
Talabalarda ijodiy fikrni rivojlantirmaydi.
|
6
|
|
Ijodkorlikni xush ko‘ruvchi talabalarni zeriktiradi.
|
2. Muammoli ta’lim usuli
№
|
Muammoli ta’lim
imkoniyatlari, yutuqlari
|
Muammoli ta’lim
kamchiliklari
|
1
|
Muammoli ta’lim talabaning faol ishtiroki-ni ta’minlaydi.
|
Talabalar sonining cheklangan bo‘lishini va ularda maxsus tayyorgarlik bo‘lishini talab etadi.
|
2
|
Talabada fikrlash jara-yonlarini, ijodiy fikrni rivojlantiradi.
|
Faqat qisman ma’lum bo‘lgan muammoli mavzularda qo‘llash mumkin.
|
3
|
Mavzuni puxta egallashga zamin yaratadi.
|
Ko‘p vaqt talab etadi.
|
4
|
Qisman tanish bo‘lgan mavzularni o‘rganishda qulay.
|
Barcha talabalarni muhokamaga tortish qiyin.
|
5
|
Talabalarda qiziqish uyg‘otadi, o‘z fikrini bayon etish va boshqalarni tinglash malakasini shakllantiradi.
|
Pedagogdan katta tayyorgarlikni talab etadi.
|
6
|
Ijodkorlikni xush ko‘ruvchi talabalarga bu metod asosida darsni tashkil etish yaxshi samara beradi
|
|
3. Namoyish usuli
№
|
Namoyish
imkoniyatlari, yutuqlari
|
Namoyish
kamchiliklari
|
1
|
Ko‘rgazamali material-lardan foydalanish obrazli tafakkurni ishga tushiradi va yaxshi o‘zlashtirishga asos bo‘ladi.
|
Talaba passiv holatni egallaydi.
|
2
|
Mavzuni o‘zlashtirishni osonlashtiradi.
|
Namoyish etish uchun alohida qulay auditoriyalar talab etiladi.
|
3
|
Pedagog uchun qulayliklar tug‘iladi.
|
Muloqotni susaytiradi.
|
“AVV”- alterantiva, variantlar va imkoniyatlar.
№
|
Alternativa-lar
|
Varian-tlar
|
Imkoniyatlar
|
1
|
Informatsion ma’ruza
|
A) Xikoya
|
1.Mavzuning xarakteri tarixiy voqeylikka ega emas.2. Darsdan maqsad - tushuncha hosil qilishga qaratilmagan, guruh sustkash xarakterga ega emas. 3. Berilgan vaziyatda xikoya metodining imkoniyatlari etarli darajada samarali natijani kafolatlay olmaydi (talabalarning qobiliyatlari va ijodiy imkoniyatlari rivojlantirilmaydi). Xikoya metodini qo‘llash maqsadga muvofiq emas.
|
B)Tushuntirish
|
1. Mavzu talabalar uchun butunlay yangi va murakkab emas.Mavzu asosan axlokiy tarbiya jarayonidagi mavjud muammolarni taxliliga qaratilgan.2. Talabalar guruhining xarakteristikasida ijodiy qobiliyatning rivojlanganligi qayt etilgan. Tushuntirish metodi esa talabalarni sustkash holda mavzuni o‘zlashtirishga dav’at etadi.2. Dars maqsadi – tushuncha hosil qilishga qaratilmagan.
|
2
|
Muammoli ta’lim
|
A)Baxs-muno-zara
|
1. Mavzu talabalar uchun yangi emas va axloqiylik haqida har bir talabaning o‘z dunyoqarashi shakllangan.2. Guruh a’zolari ijodkor xarakterga ega ekanligini hisobga olsak, baxs-munozara metodidan foydalanish dars jarayonida talabalarning faol ishtirokini ta’minlaydi. 3.Darsning maqsadi axloqiy tarbiya jarayoni, bugungi kunda bu borada vujudga kelayotgan muammolar va ularning echimlari haqida bilimga ega bo‘lish va o‘z ustida mustaqil ish olib borish malakasini shakllantirishdir. Baxs-munozara metodi bilimlarni kengaytiradi va mustahkamlaydi, ammo o‘z ustida ishlash malaka va ko‘nikmalarni shakllantiraolmaydi.
|
B)Muammoli vaziyat-lar
|
1. Mavzu talabalarga tanish va ular axloqiylikga oid muammoli vaziyatlarni echishga juda qiziqadilar.2. Guruh xarakteri muammoli vaziyatlarni echimini topishga mos. 3. Muammoli vaziyatlarni echimi axloqiy tarbiyaga oid malkani shakllanishiga va o‘z-o‘zini tarbiyalashga yordam beradi. Demak, o‘quv natijalariga mos tushadi.
Muammoli ta’lim ijodkor talabalar uchun mo‘ljallangan hamda bilimlarni chuqur egallashga va amaliy ko‘nikmalarni shakllan-tirishga, taxlil qilish, xulosalash qobiliyatlarini rivojlantirishga imkon yaratadi.
|
3
|
Namoyish
|
A)Il-lyus-
tratsiya
|
1. Mavzu xarakteriga ko‘ra illyustratsiya materialiga ega, ammo bu metodni asosiy metod sifatida tanlash maqsadga muvofiq emas, chunki illyustrativ material kichik xajimda.2. Guruxga ijodiy yondoshuv imkonini bermaydi. 3. Darsning o‘quv natijalariga to‘g‘ri kelmaydi.
|
B)Video-usul
|
1.O‘quv xonasi texnik vositalar bilan jihozlangan bo‘lishiga qaramasdan bu usul talabalarning passif faoliyatini taqazo etadi.2. Passif faoliyat esa ijodkor talabalarda qiziqish uyg‘otmaydi.3. O‘quv natijalari esa o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha bugungi kunda vujudga kelayotgan muammolarni o‘rganishni va ularning echimini topishni talab etadi. SHuning uchun bu metodni ham asosiy metod sifatida qo‘llash maqsadga muvofiq emas.
|
Xulosa: «Axloqiy tarbiya» mavzusiga bag‘ishlangan darsni muammoli vaziyatlar asosida tashkil etish lozim. Mazkur vaziyat uchun muammoli vaziyatlar metodi asosiy metod sifatida qabul qilinishi lozim va u eng optimal metod bo‘lib hisoblanadi. Bu metod o‘rganilgan barcha omillar uchun mos keladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |