Оптимал методни танлаш


Mazkur keys institutsional tizimning


Download 292.5 Kb.
bet3/10
Sana25.02.2023
Hajmi292.5 Kb.
#1230547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
КЕЙС НЯ lotin

Mazkur keys institutsional tizimning suniy yaratilgan vaziyat asosida ishlab chiqilgan.

  • Keysda ishlatilgan ma’lumotlar manbai quyidagilardan iborat:

    Darsni tashkil etish lozim bo‘lgan mavzuning mazmuni, o‘qitish lozim bo‘lgan guruh xarakteristikasi, metodlarning turlari.
    5. Mazkur keys kabinet tadqiqotlari asosida tuzilgan syujetli toifaga kiradi. Keys tuzilmaviy ko‘rinishga ega bo‘lib, topshiriqlarni algoritmik ketma-ketlikda bajarishga asoslanadi. Keysning ob’ekti o‘quv guruhi xisoblanadi. Keysning xajmi o‘rtacha bo‘lib, vaziyatni har tomonlama tahlil etish asosida muammoning optimal echimini topishga qaratilgan.
    6. Didiktik maqsadiga ko‘ra keys - trening xarakteriga ega. U ta’lim metodni tanlash bo‘yicha talabalarning malaka va ko‘nikmasini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Talabalarda tahlil etish va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish maqsadida keys muammosi, topshiriqlar, ularni bajarish algoritmi, va zarur axborot izchillik bilan bayon etilgan.
    Keysning afzalliklariga quyidagilar kiradi: O‘quv darsining keys – texnologiya o‘qitish bo‘yicha, talabalarning o‘zi tashkil etgan ish faoliyatining ta’minlovchi va uning natijaviy bahosini belgilovchi “Holatiy tahlil varaqasi” mavjud.
    7. Mazkur keysdan «Pedagogik mahorat» kursida, «Pedagogik texnologiya» kursida, «Pedagogika va psixologiya fanlarini o‘qitish metodkasi» kursida «Pedagogika nazariyasi va tarixi», “Umumiy pedagogika” kursining didaktika qismini o‘rganish jarayonida foydalanish mumkin.


    Kirish
    Dolzarbligi. O‘quv jarayonini tashkil etish, samarali natijaga erishish ko‘p jihatdan to‘g‘ri, optimal metodni tanlashga bog‘liq. Eng qulay va yuqori samara beruvchi metodni tanlashda o‘qituvchi bir qancha omillarni xisobga olishi, ularni tahlil qilishi va shu taxlil asosida ma’lum vaziyatga mos tushuvchi metodni tanlash malakasiga ega bo‘lishi talab etiladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda har bir dars uchun mos keluvchi eng qulay metodni tanlash malakasini shakllantirish o‘ta muhim masala. CHunki to‘g‘ri tanlangan metod o‘quv jarayonini samarali bo‘lishiga imkon yaratadi. O‘quv jarayonini samaradorligini oshirmasdan turib malakali mutaxassislarni etishtirish masalasini hal etish mumkin emas. Demak, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy rivojini ta’minlab beruvchi malakali mutaxassislar etishtirish faoliyatida qatnshuvchi har bir pedagog har bir vaziyat uchun optimal metodni tanlay olish malaka va ko‘nikmasiga ega bo‘lishi shart. Bo‘lajak pedagoglarda yuqorida qayd etilgan malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida mazkur keys ishlab chiqildi. Keys echimini topish jarayonida talaba metod tanlashda ahamiyatga ega bo‘lgan bir qancha omillarni o‘rganishi, ularni tahlil etishi, qiyoslashi va yagona eng qulay metodni ko‘rsatishi hamda uni asoslab berishi talab etiladi.
    Optimal metodni tanlash jarayonida mavzuning xarakteri, o‘kuv guruhining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, darsning aniq maqsadlarini belgilab olishi, metodlarning imkoniyatlariga to‘g‘ri baho berishi va “AVV” texnologiyasi asosida o‘z fikrlarini bayon etishi lozim.
    Keys muammosini echimini topish jarayonida talabalarda quyidagi xususiyatlarni rivojlantirish va o‘quv natijalarga erishish mumkin:

    • mazkur mavzu bo‘yicha bilimni chuqurlashtirish;

    • individual va guruhlarda muammoning echimi tahlish va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish;

    • konstruktiv fikr yuritishga o‘rganish;

    • metod imkoniyatlarini aniqlash;

    • ta’limiy maqsadlarni aniqlash;

    • metod tanlash jarayonida barcha omillarni xisobga olgan holda yagona optimal echimni topish malakasini shakllantirish.


    Download 292.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling