— N afasin gn i issiq qil, sen bir nim adan xafasan xolos B ill, — dedi
qat’iyan G enri. — X inin ichishing kerak. Sabr qil, M ak-G erriga yetib
olaylik, bir xininga to'ydiram an o 'zim .
Bill sherigining pichingiga javoban norozi ohangda to'n g'illad i-d a,
xayolga ch o 'm d i.
Soat to'q qizda kun yorishdi. C h oshgoh ga yaqin janub ufqi qizardi,
uch soatcha davom etadigan diqqinafas kun boshlandi.
A na-m ana quyosh chiqadigan mahal Bill d afatan chanadagi miltig'ini
olib:
— G enri, sen ketaver, m en nim a gapligini bilib kelam an, — dedi.
— Chanadan uzoq ketma! — deya qichqirdi ortidan G enri. — B or-
y o ‘g ‘i uchta o'qing bor. Yana bir baloni boshlab yurma!
— Ana xolos! Endi nega g'ingshib qolding? — deb so'radi g'olib on a
ohangda Bill.
G enri indam adi, ortiga, hozirgina sherigi ko'zdan yo'qolgan qoron-
g'ulik qo'yniga xavotir ichida qaray-qaray yo'lda davom etdi.
Oradan bir soat o ‘tgach, Bill chanani quvib yetdi.
— Juda ko'payib k etishibdi, — dedi u, — h am m ayoq d a izg'ib
yurishibdi, lekin bizni ham ko'zdan qochirmay qadam-baqadam ergashib
kelishyapti. Chamasi qochib ketolm asliginiizga ishonch hosil qilishgan.
— Y a ’ni, ular bizni qochib qutulolm aydi deb o ‘ylasharkan-da, —
dedi G enri.
Bill uning nim a dem oqchi ekaniga ahamiyat bermadi.
— Bir xillarini ko'rdim — qoq suyak! U chta itimizni aytmasa, anchadan
beri ularga hech narsa uchramagan shekilli. Juda ko'pchilik, uchta it
urvoq ham bo'lmagan. Shunchalik oriqlab ketishganki, qovurg'alari sanalib
turibdi. Qisqasi, sillasi qurigan hammasini. M eni aytdi dersan, bu ahvolda
qo'rquvni ham unutishadi, ana unda hushyor bo'lish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |