etayotgan, bir-birini tutib olib yeyish uchun urushayotganlardan iborat,
niuttasil qon to'kilayotgan, zulm , kutilmagan tasodiflar ham da ibtidosi
ham , intihosi ham yo'q tartibsizlik hukm surayotgan sahnadan boshqa
narsa em as, degan xulosaga kelar edi.
Biroq bo'ri bolasi fikrlay olm as hamda odam singari um um lashtirish
qobiliyatidan mahrum edi. O 'z oldiga biron-bir maqsadni qo'ydim i
bas, yolg'iz shu haqda o'ylar va yolg'iz shunga erishish payida bo'lardi.
Ov qilish — o'lja qonunidan tashqari bo'ri bolasining hayotida yana
ko'plab unchalik ahamiyati yo'q, lekin o'rganish zarur va o'rgangach
itoat etish shart bo'lgan qonunlar mavjud edi. D u n yo tasodiflarga boy.
Bo'ri bolasining vujudida jo'shayotgan hayot uning jism idagi g'ayrat,
ishtiyoq va muhabbatni boshqarayotgan q u w at uning uchun bitm as-
tuganm as baxt-saodat manbayi b o'lib xizm at qilardi. O'lja ortidan
quvish, uni ta’qib etish bag'ishlagan huzur va lazzatdan sarxush bo'lardi.
G 'azab va janglardan halovat topardi. H atto n o m a ’lum lik vahim asi va
sir-asrorlari ham yashashga yordam berardi.
Bulardan tashqari hayotda yana ko'pdan ko'p zavqli, yoqim li narsalar
bor edi. T o'yib ovqatlanm oq ham da quyosh nurlari ostida erinibgina
mudrab yotm oq — uning chekkan zahmatlari va g'ayrat ishtiyoqi evaziga
berilgan bir mukofot edi, zero, chekkan zahm atlari-yu g'ayrat-ishtiyoqi-
ning o'ziyoq unga o la m -o lam quvonch, halovat baxsh etardi. Bo'ri
bolasi o 'zin i qurshab turgan adovat to'la m uhitga m oslashib hayot
kechirm oqda edi. U kuchga to'lgan , baxtiyor, em in -erk in edi va o 'z -
o'zid an faxrlanardi.
UCHINCHI QISM
Do'stlaringiz bilan baham: |