Oq so‘yloq qissa g ‘afurG‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi


o'zi bilan olib qolishga unday boshlashdi. H in d u n in g q o'li tobora


Download 40.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet89/123
Sana03.06.2024
Hajmi40.05 Kb.
#1840469
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   123
Bog'liq
Jek London. Oq so\'yloq (qissa)

o'zi bilan olib qolishga unday boshlashdi. H in d u n in g q o'li tobora 
yaqinlashgan sari bo'ri bolasining vujudida ikkita qarama-qarshi tuyg'ular 
jo'sh urardi: biri itoat etishga undar, ikkinchisi kurashga da’vat etardi. 
Pirovardida bo'ri bolasi sabr qilishga qaror qildi. U ikkala tuyg'u izmidan 
chiqm ay turdi, shunga binoan to qo'l badaniga tekkuncha itoat etib 
turdi, keyin esa birdan boshini silkib g'archcha tishladi. O'sha zahoti 
boshiga tushgan zarbdan yonboshiga yiqildi. O lishish ishtiyoqidan asar 
qolmadi. Bo'ri bolasi itoatkor kuchukchaga aylandi go'yo, orqa oyoqlariga 
o'tirib uv soldi. Lekin qo'li tishlangan inson g'azabini bosolm ay ikkinchi 
marta yana sop qoldi. Bo'ri bolasi yana yiqildi va o'rnidan turib yana, 
bu safar balandroq ovozda uv soldi.
H indular kulib yuborishdi, ularga qo'shilib qo'li tishlangan ham 
rosa kuldi. Ular qo'rquv va og'riqqa chidayolm ay uvillayotgan bo'ri 
bolasini qurshab olishdi. D a fa ta n , bo'ri bolasi to'xtab, sergak tortdi. 
Hindular ham jim qolishdi. Bo'ri bolasi yaqin atrofda yangragan ovozn i 
tanidi va so'nggi b o rch o 'zib nola qildi, uning so'nggi nolasida zorlanish 
em as, quvon ch , tantana ohanglari kuchliroq yangradi, aloha u jim  
bo'ldi va o'zining mehribon, shiddatli va qo'rqmas, har qanday dushman 
bilan tikka olishadigan, ularni g'ajib tashlashga qodir onasini kutib 
atrofga alangladi. O na bo'ri o'kirib atrofga qutqu solib kelardi, u 
bolasining zorlanishini eshitib yordamga oshiqardi.
Ona bo'ri ilkis odamlarga tashlandi. U quturib ketgan, hech narsadan 
toym as, vajohati o'ta dahshatli ham da vahshiyona edi. Lekin uning 
xaloskorona yangragan qahr-g'azabi bo'ri bolasini quvontirib yubordi.



Download 40.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling