O’qitish materiallari to’plami tarkibi


Download 352.23 Kb.
bet15/21
Sana20.01.2023
Hajmi352.23 Kb.
#1104171
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
Algoritmlash 40soat tayori

For I: = N1 To N2 Do ;
bu yerda For (uchun), To (gacha) va Do (bajar) Paskalning xizmatchi so'zlari; I - butun turli ixtiyoriy o'zgaruvchi bo'lib, u takrorlash Parametri deyiladi; N1 - takrorlash parametrining qabul qiladigan boshlang'ich qiymati; N2 - takrorlash parametrining qabul qiladigan °xirgi qiymati; — takrorlanishi lozim bo'lgan
Takrorlash parametrining boshlang'ich va oxirgi qiymatlari o'zgarmas o'zgaruvchi yoki ifoda ko'rinishida bo'lishi mumkin.
Mazkur operator quyidagicha ishlaydi:

  1. Awal takrorlash parametri boshlang'ich qiymatni qabul qiladi;

  2. Agar takrorlash parametrining qiymati oxirgi qiymatdan katta bo'lmasa, takrorlash tanasini tashkil etuvchi operatorlar bajariladi, aks holda takrorlanish to'xtatiladi va boshqarish navbatdagi operatorga uzatiladi;

  3. Takrorlash parametrining qiymati bittaga ortadi (unga 1 qo'shiladi) va 2-bandga o'tiladi.

For operatori, asosan, takrorlanishlar soni avvaldan ma'lum
bo'lganda qo'llaniladi.

    1. misol. «O'zbekiston — vatanim manim!» matnini ekranga 20 marta chiqaruvchi dastur tuzing.

Yechish. Shartga ko'ra ekranga «O'zbekiston - vatanim manim!» matni 20 marta chiqarilishi kerak. Ya'ni WriteLn('0'zbekiston - vatanim manim!') operatori 20 marta takrorlanishi lozim. Quyidagicha dastur tuziladi. Program Takrorlash; Var I : Integer; Begin
For I:=l To 20 Do
WriteLn('0'zbekiston — vatanim manim!');
End.
Ushbu dasturda takrorlash parametri I ning boshlang'ich qiymati 1 ga, oxirgi qiymati 20 ga tengdir. Takrorlash tanasi bitta - WriteLn('0'zbekiston — vatanim manim!') operatoridan iborat. Dastur bajarilganda takrorlash parametri navbat bilan 1, 2, 3,..., 20 qiymatlami qabul qiladi va har safar WriteLn('0'zbekiston - vatanim manim!'); operatori bajariladi. Natijada ekranga «O'zbekiston - vatanim manim!» matni 20 marta yangi satrdan chiqariladi. Dasturda takrorlash parametrining boshlang'ich qiymatini 41 va oxirgi qiymatini 60 ga o'zgartirilsa ham natija shunday bo'ladi, chunki takrorlanishlar soni 60-41 + 1=20 ta.


    1. Download 352.23 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling