O'qituvchi: Dedajanov Baxtiyor iqtisod fanlari nomzodi, dosent. Mavzu nomi: Nizo va stressni boshqarish Mashg’lot turi


Download 477.15 Kb.
bet3/37
Sana05.01.2022
Hajmi477.15 Kb.
#222690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
11-мавзу

Nizo sabablari



Nizo sabablari

Izoh

1.

Resurslarni taqsimlashdagi adolatsizlik

Hattoki eng ulkan korxonalarda ham resurslar cheklangan bo’ladi. Rahbariyat materiallar, mehnat va moliyaviy resurslarni o’z tasarrufidagi bo’limlarga umumkorxona maqsadini amalga oshirish nuqtai nazardan taqsimlashi kerak. Biriga asossiz ko’p, bi-riga oz taqsimlash so’zsiz nizoning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Hamma ham ko’proq undirib olish payida bo’ladi.

2.

Vazifalarning – o’zaro bog’liqligi

Mehnat taqsimoti barcha bo’ishlarni bir-biri bilan bog’lab qo’yadi. Bunday sharoitda bir kishi yoki bir guruh kishilarning bajaradigan ishi boshqa bir kishi yoki boshqa bir guruh ishiga bog’liq bo’lib qoladi. Masalan, ishlab chiqarish bo’limi xodimlardagi mehnat unumdorligining past darajada ekanligini ulardagi uskunalarning yomon sifatli ta’mirlanganligi bilan bog’lab, ta’mirlash bo’limiga ayb qo’yadi. Ta’mirlash bo’limi esa o’z navbatida bo’lim uchun zarur bo’lgan mutaxassislarni o’z vaqtida ishga qabul qilmagan kadrlar bo’limiga shunday e’tirozni bildiradi va hokazo. Ko’rib turibsizki, norozidiklar hamma bo’g’inlarda bor. Aynan shular nizoni kelib chiqishiga sabab bo’ladi.

3.

Maqsadlardagi har xillik

Ixtisoslashtirish qanchalik chuqurlashsa shunchalik bo’limlar ko’proq o’z e’tiborlarini korxonaning umumiy maqsadini bajarishga emas, balki xususiy o’z bo’limi maqsadini amalga oshirishga qaratadi, Masalan, sotish bo’limi o’zining ish ko’lamini oshirish va raqobatbardoshligani mustahkamlash maqsadida ishlab chiqarish bo’limidan imkoniyat boricha mahsulot assortimentini ko’paytirishni talab qiladi. Ammo, ishlab chiqarish bo’limi uchun mahsulot assortimentini xilma-xil qilib ishlab chiqarish emas, balki xarajat va samaradorlik nuqtai nazardan assortimenti turli-tuman bo’lmagan mahsulotni ishlab chiqarish ma’qulrokdir. Ko’rib turibsizki, bu yerda ham manfaatlar turlicha.

4.

Erkinlik, mustaqillik va o’z qadrini bilishdagi har xillik

Bu sabab eng ko’p hollarda uchraydigan sabablardan hisoblanadi. Masalan, bo’ysunuvchi o’z fikrini aytishga har doim xaqliman deb aytsa, rahbar bunga javoban fikringizni faqat biz “so’ragan paytda aytishingiz mumkin” desa, o’z-o’zidan nizo uchun vaziyat tugaladi. Yoki, tadqiqot bo’li-midagi yuqori malakali xodim qam nima uchun o’z qadrini bilmasligi kerak? U ham maslahat berish hukuqiga ega-ku.

5.

Manmanlik, qaysarlik

Shunday xodimlar borki, faqat o’zining fikrini ma’qullaydi, murosaga hech ham bormaydi. Bunday odamlar g’alvaning ishi. Ular bilan nihoyatda extiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish kerak.

6.

Kommunikatsiya – o’zaro aloqaning qoniqarsizligi

Axborotning xodimlarga yetib bormasligi yoki uning juda ham sust bo’lishi nizo chiqish uchun ham sabab, ham oqibat bo’lishi mumkin. Agar rahbariyat xodimlariga o’z vaqtida yangi joriy qilinayotgan ish haqi tizimi to’g’risidagi axborotni yetkazmasa, demakki xodimlarning mehnat unumdorligini oshirishdagi manfaatdorligi o’zgarmay qoladi.


Download 477.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling