O'qituvchi: Dedajanov Baxtiyor iqtisod fanlari nomzodi, dosent. Mavzu nomi: Nizo va stressni boshqarish Mashg’lot turi
Download 477.15 Kb.
|
11-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ochiq nizolar
chizma. Guruhlararo nizolar.
Guruhlararo nizolarga: • bo’limlar bilan bo’limlar o’rtasidagi; • ma’muriyat bilan kasaba uyushmasi o’rtasidagi; • bo’limlar bilan ma’muriyat o’rtasidagi; • bo’limlar bilan kasaba uyushmasi o’rtasidagi nizolar misol bo’la oladi. Bu turdagi nizolar ayniqsa bir yo’nalishdagi boshqaruv guruhlari bilan shtabli boshqaruv guruhlari o’rtasida sodir bo’ladigan nizoli vaziyatlarda yaqqolroq ko’rinadi. Shtabli boshqaruv guruhlarida band bo’lganlar, odatda bir yo’nalishdagi boshqaruv guruhlarida band bo’lganlarga qaraganda yosh va iqgidorli kishilar bo’ladilar. Ular ko’pincha “ko’cha” so’zlari bilan muomala qilishni xo’sh ko’radilar. Bu esa guruhlar o’rtasidagi muomalani jiddiylashtiradi. Bir yo’nalishdagi rahbarlar axborotlarni olish nuqtai nazardan shtabli rahbarlarga tobe ekanliklarini pesh qilib, ular bergan tavsiyalarini rad etishlari mumkin. Bir korxona doirasidagi bo’limlarning maqsaddari bir-biriga mos tushmasligi sababli ham tez-tez nizolar chiqib turadi. Masalan: • korxonaning muayyan bo’limi o’zining mahsulotlarini chetga sotib yuqori foyda olishni, shu korxona doirasidagi bo’lisharga past narxda sotib foyda olishdan afzal ko’radi; • kunduzgi smenada band bo’lgan tibbiy xodimlar ishchilarga xizmat ko’rsatish darajasi past bo’lganligidan kechki smenadagi band bo’lgan tibbiy xodimlar ustidan shikoyat qilishlari mumkin va aksincha; • tovarlarni sotish bo’limi iste’molchilarning talabini qondirish uchun har doim omborda ko’proq tovar g’amlamasining yetarli bo’lishini xohlasa, ishlab chiqarish bo’limi esa bundan manfaatdor emas, chunki bunday ish tutshi ishlab chiqarish xarajatlarining oshishiga, bu esa o’z navbatida mahsulot baxosining oshishiga olib keladi. Guruhpararo nizolar o’z tabiatiga ko’ra aralash nizolardir, chunki ularning vujudga kelishi barcha yuqoridagi nizo turlarining ta’siri ostida bo’ladi. Mavhumligiga qarab, nizolar ochiq yoki yopik, ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Ochiq nizolar odatda qarama-qarshi tomonlarning ko’z oldida, to’g’ridan-to’g’ri vujudga keladi. Ular to’qnashish sodir bo’lgunga qadar to’liq yetilgan bo’ladi. Bunday nizolar rahbariyat nazorati ostida turganligi sababli korxona uchun unchalik xavf tug’dirmaydi va ularni boshqarish oson kechadi. Download 477.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling