O‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish mexanizmlari ” mavzusidagi kurs ishi bajardi: 3


Pedagogik mehnatini ilmiy tashkil etish tamoyillari


Download 60.83 Kb.
bet8/10
Sana23.04.2023
Hajmi60.83 Kb.
#1392344
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KURS ISHI 6 SEMESTR

Pedagogik mehnatini ilmiy tashkil etish tamoyillari.
Mehnat sharoiti, kun tartibi kompleks tushuncha. Unda o’qituvchining mehnat qilayotgan joyi, aniq vaziyatlar e’tiborga olinib quyidagi tamoyillar asosida takomillashtirilib boriladi.
Pedagogik mehnatning samaradorligi, maqsadi va faoliyat vazifasiga ko’ra aniq bir yo’nalishni belgilash o’qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishning birinchi tamoyilidir.
Ikkinchi tamoyil mutaxassislikka oid bilimlarni chuqur o’zlashtirib qizg’in pedagogik faoliyat uslubini belgilash.
Uchinchi tamoyil pedagogik mehnatni ilmiy asosda tashkil etishda axborot va kompьyuter texnologiyalari vositalaridan samarali foydalanishni mukammal bilish tushuniladi. Bunda ko’nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigan pedagogik texnologiyalar ham e’tiborga olinadi.
To’rtinchi tamoyil ta’lim-tarbiya birligini ta’minlagan holda pedagogik faoliyatni rejalashtirish. Ushbu tamoyil reja asosida ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni tartibga solish, uning modelini yaratish, tayanch tizimlarni topish kabi masalalardan tashkil topgan.
Pedagogik faoliyatni aniq maqsadlar asosida rejalashtirmasdan turib shaxsni va jamoani tarbiyalash va ularni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini ta’minlash mumkin emas, bu esa jamiyatga ham ijtimoiy, ham iqtisodiy zarar keltiradi. Pedagogik mehnatni nazorat qilish va hisobga olish o’qituvchi faoliyatini muntazam kuzatib borish yutuq va kamchiliklarini aniqlash, muhimlarini ajratib olishni nazarda tutadi.
Hisobga olishning eng maqbul yo’li statistik hisobga olishdir. Pedagogik nazoratda ob’ektivlik, omilkorlik, samaradorlik, muntazamlilik va oshkoralik talab qiladi.
O’qituvchi mehnatini nazorat qilish va hisobga olishning muntazamligi, izchilligi quyidagilardan tashkil topadi:

  • o’quv materiallari va tarbiyaviy tadbirlarga tayyorlanishni o’zi tomonidan nazorat qilinishi;

  • darsdan tashqari vaqtlarda ta’lim-tarbiyani nazorat qilish va o’zining

yutuq va kamchiliklarini kuzatish;

  • o’qituvchining darsdan tashqari vaqtini o’zi nazorat qilishi;

  • ota-onalar va jamoatchilik bilan bajariladigan ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni nazorat qilish;

  • o’z ustida muntazam ishlash, ijod qilish.

O’qituvchi mehnatini ilmiy asosda har jihatdan mukammal tashkil qilish mamlakatimizning mustaqillik prinsiplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo’shishga qodir yosh avlodni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Bunda o’qituvchi o’zining qizg’in mehnatini pedagogik jamoa, ota-onalar, oila, mahalla qo’mitalari, turli jamoatchilik markazlari bilan o’zaro puxta hamkorlikda olib borgandagina ta’lim-tarbiyaning samaradorligi yanada oshadi.
Pedagogik adabiyotlarda o’qituvchining kasbiy va ijtimoiy moslashuviga ta’sir etuvchi mahsuldor sabablar (omillar) umumlashtirilib pedagogik madaniyat nomi bilan qayd etiladi. Boshqa tushunchalar singari pedagogik madaniyatning ham bir necha xil ta’riflari mavjud19.
Biroq barcha ta’riflarda pedagogik madaniyat tushunchasi uch ilmiy jihatdan, ya’ni aksiologik, faoliyat va shaxsga yo’naltirilganlik nuqtai nazaridan talqin etilishi yaqqol ko’zga tashlanadi. Aksiologik yondashuvga ko’ra, pedagogik madaniyat – tarbiya haqidagi fan sifatida pedagogika tayanadigan pedagogik qadriyatlar majmuidir.
Ushbu qadriyatlar moddiy va ma’naviy shakllarda mavjud bo’ladi. Shaxsga yo’naltirilgan yondashuv nuqtai nazariga ko’ra, pedagogik madaniyat – bu pedagogik faoliyatdagi tarbiyaviy munosabatlarni amalga oshiruvchi subyekt sifatida kasbiy etuk pedagog shaxsining muhim sifati. Faoliyatli yondashuvga ko’ra, pedagogik madaniyat – bu pedagogik qadriyatlarning tadbiq etilishini ta’minlovchi, o’qituvchi kasbiy faoliyatining o’ziga xos usullari majmuidir20.
Pedagogik madaniyatning mufassal tavsifi L.D.Stolyarenko tomonidan quyidagicha ochib berilgan: “Pedagogik madaniyat – bu umuminsoniy madaniyatning bir bo’lagi bo’lib, unda eng avvalo, avlodlar almashinuvi va shaxsning ijtimoiylashuvi kabi tarixiy jarayon uchun xizmat qilishda insoniyat uchun zarur bo’lgan ma’naviy va moddiy qadriyatlar aks etgan”.
O’qituvchining pedagogik madaniyati quyidagi kasbiy ahamiyatli shaxs sifatlarining mavjud bo’lishini taqozo etadi:
1) shaxsga yo’nalganlik: e’tiqod, ijtimoiy faollik, fuqarolik tuyg’usining mavjudligi;
2) kasbiy-axloqiy sifatlar: insonparvarlik, jamoaviylik, adolat, mehribonlik, haqiqatparvarlik, samimiylik, talabchanlik, bolalarga nisbatan mehr va hurmat, oliyjanoblilik, xolislik;
3) pedagogik mehnatga munosabat: vijdonlilik, javobgarlik tuyg’usi, fidokorlik, berilib ishlay olish va o’z pedagogik faoliyatidan qoniqish hissi, uni hayotining mazmuniga aylantira olish;
4) qiziqishlar va ma’naviy ehtiyojlar: bilishga oid faollik, tafakkurning kengligi va teranligi, estetik madaniyat, qiziqishlarning va ma’naviy ehtiyojlarning ko’pqirraliligi, yoqtirgan ijodiy ishning mavjud bo’lishi, tashqi ko’rinish va nutq madaniyati.



Download 60.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling